USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukrainada qullikda saqlangan 13 özbekistonlik topildi

610 марта

Ukrainada qullikda saqlangan 13 özbekistonlik topildi

Ukrainaning Kiyev viloyatida oğir şaroitda majburiy mehnatga jalb qilinib, saqlanayotgan 13 nafar Özbekiston fuqarosi aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi. 
Qayd etilişiça, Xitoy Xalq Respublikasining ikki nafar fuqarosi, bir nafar özbekistonlik va bir nafar ukrainalik ayol qölga olingan. Ular 13 nafar Özbekiston fuqarosini majburiy mehnatga jalb qiliş maqsadida Ukrainaga olib kelişni taşkil etişda gumon qilinmoqda (Ukraina Jinoyat kodeksining 149-moddasi 2-qismi).

Tergov malumotlariga köra, gumonlanuvçilar majburlaş va aldov yöli bilan ijtimoiy jihatdan himoyasiz, uy-joyi va işi bölmagan, oğir moddiy ahvoldagi şaxslarni jalb qilgan. Jabrlanuvçilar Ukrainadan taşqarida topilib, keyinçalik foyda oliş maqsadida Kiyev viloyatiga majburiy mehnat uçun olib borilgan.
Tutqunlarni nazorat qiliş uçun zöravonlik va erkinlikni çeklaş usullaridan foydalanilgan. Odamlarni kamsitiş darajasi şu qadar kuçli bölganki, hattoki hojatxonaga borişga ham qatiy jadval böyiça ruxsat etilgan. Eng kiçik qoidabuzarlik ham jazolangan.

Joriy yilning 17 sentyabr kuni huquqni muhofaza qiliş organlari gumonlanuvçilarning yaşaş joylari va xöjalik obektlarida tintuv ötkazgan. 13 nafar Özbekiston fuqarosi oğir va ğayriinsoniy şaroitlarda saqlangan xonalar, hujjatlar, pul mablağlari va transport vositalari aniqlangan

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: