USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Mirzo Uluğbek vorislari” tanlovida xorazmlik iqtidor egasi ğoliblikni qölga kiritdi

234 марта
“Mirzo Uluğbek vorislari” tanlovida xorazmlik iqtidor egasi ğoliblikni qölga kiritdi

Iqtidorli yoşlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini qöllab-quvvatlaş, ularni zamonaviy texnologiyalarga keng jalb etiş hamda yangi ğoyalarini röyobga çiqariş maqsadida ananaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Mirzo Uluğbek vorislari” Respublika tanlovining joriy yilgi respublika bosqiçi 22 may kuni bölib ötdi.

Mazkur nufuzli tanlovda Xorazm viloyati şarafini munosib himoya qilgan Urganç tumanidagi “Kelajak” markazining “Robototexnika” tögaragi azosi Fayzullayev Boymurod IT texnologiyalar yönalişida iştirok etib, faxrli 1-örinni qölga kiritdi.
Yoş iqtidor egasining uşbu yutuği nafaqat uning şaxsiy muvaffaqiyati, balki Xorazm yoşlarining intellektual salohiyati, zamonaviy bilimlarga intilişi va innovatsion texnologiyalarga bölgan qiziqişining yorqin namunasi sifatida baholanmoqda.
Takidlaş joizki, “Mirzo Uluğbek vorislari” tanlovi mamlakatimizda ilm-fan, IT va innovatsiya sohalariga qiziquvçi yoşlarni kaşf etiş, ularning loyihalarini qöllab-quvvatlaş hamda kelajakda yetuk mutaxassis bölib yetişişiga xizmat qilib kelmoqda.
Fayzullayev Boymurodning mazkur ğalabasi yoşlar uçun katta motivatsiya bölib, kelgusida yanada yuksak natijalarga erişişiga işonç bildirilmoqda.
Ğolibimizni uşbu munosib yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

Изоҳ қолдириш

    • Bobur 25 May 2026 10:29
      Otasiga raxmat shunaqa bola tarbiyalab jamiyatga foydasi tegadigan farzand qilgani uchun.

Мавзуга алоқадор: