Xorazmlik hamşira respublikada eng yaxşi deb topildi
12-05-2026, 15:17
495 марта
Xorazmlik hamşira respublikada eng yaxşi deb topildiXorazm viloyati tibbiyot sohasi vakillari uçun yana bir quvonçli yangilik! “Hamşira — 2026” respublika körik-tanlovida viloyatimiz şarafini munosib himoya qilgan qöşköpirlik hamşira mutlaq ğoliblikni qölga kiritdi.
Tanlov yakunlariga köra, Xorazm viloyati Qöşköpir tuman tibbiyot birlaşmasi terapiya bölimi hamşirasi Gulomdon Egambergan qizi Erkinova birinçi örin sohibi böldi.
Bellaşuvda mamlakatning barça hududlaridan saralangan eng kuçli 14 nafar tibbiyot xodimi iştirok etdi. Şaffof va adolatli mezonlar asosida ötkazilgan tanlovda Gulomdon Erkinova özining çuqur bilimi, yuksak mahorati hamda kasbiga bölgan sadoqati bilan hakamlar hayati va iştirokçilar etirofiga sazovor böldi.
Uşbu yutuq nafaqat Qöşköpir tumani, balki butun Xorazm tibbiyot sohasi uçun katta faxr hisoblanadi.
Gulomdon Erkinovani hamda viloyatimiz tibbiyot ahlini uşbu yuksak ğalaba bilan samimiy muborakbod etamiz!