Maydonga dadil tuşing, yuragingizni berib öynang – Saida Mirziyoyeva
23-05-2026, 19:14
225 марта

Maydonga dadil tuşing, yuragingizni berib öynang – Saida Mirziyoyeva
Keça, 22 may kuni futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasini Jahon çempionatiga kuzatiş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham iştirok etdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.“Keça Prezidentimiz Özbekiston milliy terma jamoasini Jahon çempionatiga kuzatiş marosimida iştirok etdilar. Biz ham öğlim bilan uşbu quvonçli lahzalarda ularga hamroh böldik. Yuraklar his-hayajoniga tölib toşgan, çunki bu butun Özbekiston uçun çinakam tarixiy voqea – mamlakatimiz ilk bor jahonning eng nufuzli musobaqasida qatnaşadi.
Öğlimning közlarida – quvonç va faxr. Qölida – qahramonlarimiz dastxati tuşirilgan töp, endi uni bebaho xazinadek asraydi. Qalbida bölsa milliy jamoamizga bölgan işonç”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Şuningdek, u futbolçilardan maydonga dadil tuşib, yuragini berib öynaşni söragan.
“Yigitlar, siz allaqaçon ulkan marrani zabt etdingiz – xalqimiz qalbida orzu va işonç uyğotdingiz. Endi esa özbek futboli nimalarga qodir ekanini butun dunyoga körsatib qöying. Maydonga dadil tuşing, yuragingizni berib öynang. Bugun köça çangitib töp tepayotgan, bir kun kelib milliy terma jamoa libosini kiyişni orzu qilayotgan har bir bolakay uçun öynang. Biz sizga işonamiz. Butun mamlakat sizga işonadi. Prezidentimiz sizga işonadi.
Olğa, Özbekiston!” deydi Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

