Özbekiston merganlari yana oltin medalni qölga kiritdi
24-05-2026, 14:58
95 марта

Özbekiston merganlari yana oltin medalni qölga kiritdi
Turkiya Respublikasida 10–21 may kunlari ötkazilgan VI Xalqaro «Eng ilğor merganlar jamoasi» musobaqasida Özbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinçi örinni egalladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, bellaşuv Turkiyaning Isparta şahridagi «Kommandos» toğ-öquv maşqlari markazida taşkil etildi. Unda 13 davlatdan 24 ta jamoa iştirok etdi. Özbekiston, Turkiya, Turkmaniston, Pokiston, Kosovo, Ozarbayjon, Italiya va boşqa davlatlar harbiylari turli şartlar böyiça kuç sinaşdi.
Musobaqa davomida iştirokçilar yuqori murakkablikdagi sakkizta yönalişda bahs olib bordi. Jumladan, «Jangovar otiş», «Yuqori aniqlikda otiş», «Tunda nomalum masofaga öq otiş» va «Havodagi vertolyotdan otiş» kabi şartlar asosiy sinovlardan biri böldi.
Özbekistonlik merganlar hal qiluvçi bosqiçda vazifalarni yuqori aniqlik va tezkorlik bilan bajarib, rekord natijalarni qayd etdi. Musobaqa natijalari jamoalarning yettita şart böyiça töplagan ballari asosida saralandi. Eng kuçli önta jamoa finalga yöllanma oldi.
Hal qiluvçi bahsda Özbekiston jamoasi murakkab vazifalarni belgilangan vaqtdan oldin bajardi. Bu esa harbiylarning professional tayyorgarligi va jangovar mahorati yuqori darajada ekanini namoyon qildi.
Qariyb ön kun davom etgan bellaşuvlar yakunida Özbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi xorijiy davlatlar armiyalari orasida birinçi örinni qölga kiritib, oltin medal bilan taqdirlandi.
Takidlanişiça, musobaqa xalqaro harbiy tajriba almaşiş va jangovar könikmalarni oşiriş uçun muhim maydon hisoblanadi.
Özbekiston jamoasi mazkur musobaqada beşinçi marotaba iştirok etmoqda. Xususan, 2022–2023 yillarda jamoa ikkinçi örinni egallagan bölsa, 2024, 2025 va 2026 yillarda ketma-ket çempionlikni qölga kiritd