Endi hamma ham grin-karta ololmaydi
26-05-2026, 18:37
274 марта

Endi hamma ham grin-karta ololmaydi
AQŞ rasmiylari vaqtinçalik vizaga ega bölgan xorijliklar uçun grin-karta (yaşaş huquqi) oliş qoidalarini qayta körib çiqdi. Endilikda ariza beruvçilarning aksariyati uşbu jarayondan mamlakat taşqarisida ötişlariga töğri keladi. Bu haqda AQŞ Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) xabar berdi.AQŞ rasmiylari grin-karta olişni istovçi xorijliklar uçun yangi qoidalarni elon qildi. Qayd etilişiça, endilikda mamlakat içida turib maqomni özgartiriş uçun hujjat topşiriş faqat istisno holatlardagina mumkin böladi.
Yangi siyosatga muvofiq, AQŞda vaqtinçalik vizalar bilan bölib turgan xorijliklar mamlakatni tark etişlari hamda rasmiylaştiriş jarayonidan AQŞning xorijdagi konsulliklari orqali ötişlari kerak böladi.
Bu qoida, jumladan, talabalar, turistlar va vaqtinçalik işçilarga tegişlidir. USCIS noimmigratsion viza bilan AQŞda böliş avtomatik ravişda doimiy yaşaş huquqini olişning birinçi bosqiçiga aylanib qolmasligi kerakligini alohida takidlagan.
Idoraning malum qilişiça, uşbu özgarişlar “qonunning dastlabki mazmun-mohiyatiga” mos keladi. USCIS vakili Zak Kaxlerning sözlariga köra, yangi tizim grin-karta beriş rad etilganidan keyin AQŞda noqonuniy qolib ketuvçi şaxslar sonini kamaytiriş imkonini beradi.
“Endilikda AQŞda vaqtinçalik bölib turgan va grin-karta olişni istovçi şaxs, favqulodda holatlardan taşqari, ariza topşiriş uçun öz vataniga qaytişi şart”, deydi Kaxler.USCIS şuningdek, bu özgarişlar immigratsiya tizimidagi yuklamani kamaytirişga yordam beradi va idoraga boşqa toifadagi işlar, jumladan, fuqarolikka arizalar, zöravonlik va odam savdosi qurbonlari uçun vizalar beriş masalalariga diqqat qaratiş imkonini beradi deb hisoblaydi.
Yangi siyosat allaqaçon migrantlar va huquqşunoslar örtasida qizğin bahslarga sabab böldi. Köpçilik AQŞda qonuniy asoslarda bölib turganlar uçun ham grin-karta oliş jarayoni yanada uzoqroq va murakkab bölib ketişidan xavotir bildirmoqda.