USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kiçik biznes uçun soliq çegarasi 5 mlrd sömga oşirilişi mumkin

73 марта

Kiçik biznes uçun soliq çegarasi 5 mlrd sömga oşirilişi mumkin

Özbekistonda kiçik biznes uçun soliq çegarasi 1 mlrd sömdan 5 mlrd sömgaça oşirilişi mumkin. Bu haqda bugun, 26 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan kiçik biznes subektlari ösişi uçun yanada qulay iqtisodiy va mamuriy şaroitlar yaratişga qaratilgan takliflar taqdimotida söz boradi.

Unga köra, kiçik biznes iqtisodiyotda bandlik, daromad va raqobat muhitini taminlaydigan muhim tarmoq hisoblanadi. Şu bois, sönggi yillarda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, soliq yukini kamaytiriş va davlat xizmatlarini soddalaştiriş böyiça izçil işlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, amaldagi ayrim tartibotlar biznesning tabiiy ösişiga tösqinlik qilmoqda. Xususan, kiçik biznes subektlari tuşumi 1 milliard sömgaça bölganda soddalaştirilgan soliq rejimida işlaydi. Uşbu çegaradan oşganda esa qöşilgan qiymat soliği va foyda soliği tölaşga ötadi.
Mazkur çegara 2019 yilda belgilangan bölib, ötgan davrda narxlar sezilarli ravişda oşgan. Natijada ayrim tadbirkorlar 1 milliard sömlik çegaraga yaqinlaşganda aylanmani yaşiriş, çek bermaslik yoki biznesni bir neçta subektga böliş amaliyotiga ötmoqda.

Taqdimotda 2026 yil 1 iyundan kiçik biznes uçun umumiy soliq rejimiga ötişdagi çegaraviy miqdorni 1 milliard sömdan 5 milliard sömga oşiriş taklif qilingan.

Şuningdek, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmat körsatiş sohalari uçun qöşilgan qiymat soliğini tölaşning soddalaştirilgan tartibini joriy etiş taşabbusi bildirilgan. Unga köra, tadbirkorlar ixtiyoriy ravişda 6 foiz stavkada QQS tölab, foyda soliğidan ozod etilişi yoki amaldagi umumiy tartibda işlaşni davom ettirişi mumkin böladi.
Bu orqali kiçik biznes uçun soliq hisoblaş va tölaş jarayoni soddalaşadi, mamuriy yuk kamayadi, aylanmalarni yaşiriş va biznesni suniy bölişga rağbat pasayadi.

QQS mamuriyatçiligidagi murakkabliklar ham tahlil qilingan. QQSga ötgan tadbirkorlarda hisobotlar soni 2 baravarga oşmoqda. 2025 yilda hisobotlarda xato aniqlangan soliq tölovçilarning 77 foizi QQS tölovçilarining hissasiga töğri kelgan.

Şu bois, past xavf darajasiga ega tadbirkorlar uçun QQSning salbiy farqini avtomatik qaytariş, QQS tölovçisi guvohnomasini vaqtinça töxtatib turiş tartibini bekor qiliş, import böyiça majburiy QQSga ötiş amaliyotini qayta körib çiqiş va bank hisobraqamlarini oçiş jarayonini avtomatlaştiriş taklif etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: