USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

1 iyundan kömir narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi

317 марта

1 iyundan kömir narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi

Prezident Şavkat Mirziyoyev kömir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etiş, işlab çiqariş hajmlarini oşiriş va yangi investitsiya loyihalari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Kömir iqtisodiyot tarmoqlari, issiqlik elektr stantsiyalari, ijtimoiy muassasalar va aholi ehtiyojini taminlaşda muhim energiya manbalaridan biri hisoblanadi. Şu bois, sohada barqaror taminot, mahsulot sifati, narxlar şaffofligi, raqobat muhiti va ekologik talablarni taminlaş dolzarb ahamiyatga ega.

Mustaqillikning dastlabki 25 yilida kömir qazib çiqariş örtaça 3,1 million tonnadan 4 million tonnagaça oşgan bölsa, sönggi 9 yilda uşbu körsatkiç 10 million tonnaga yetkazildi. Kelgusi kuz-qiş mavsumida kömir qazib çiqariş hajmini 11 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.

Bugungi kunda kömir qazib çiqaruvçi xususiy tadbirkorlar soni 18 taga yetdi. 2023-2025 yillarda ular tomonidan geologiya-qidiruv işlari kengaytirilib, 2,4 million tonna kömir qazib çiqarildi. Mazkur jarayonlarga 117,2 million dollar xususiy investitsiyalar yönaltirildi. Angren va Şarğun kömirlarini aralaştiriş hisobiga issiqlik elektr stantsiyalariga 1,5 million tonna import örnini bosuvçi, yonuvçanligi yuqori bölgan mahalliy kömir yetkazildi.

Taqdimotda kömir narxlarini şakllantirişni bozor tamoyillariga ötkaziş masalasi körib çiqildi.
Amaldagi tartibda narxlarni mamuriy belgilaş işlab çiqaruvçilarning moliyaviy barqarorligiga, yangi investitsiya kiritiş va qazib çiqariş hajmini oşiriş imkoniyatlariga tasir körsatayotgani qayd etildi.

Şu munosabat bilan 2026 yil 1 iyundan boşlab kömir narxlarini davlat tomonidan belgilaş amaliyotini bekor qiliş hamda kömirni davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar strategik turlari röyxatidan çiqariş taklif qilindi. Bunda kömir narxi talab va taklif asosida şakllanadi, istemolçilarga birja savdolari orqali sotiladi.

Uşbu yondaşuv sohada oçiq raqobat muhitini yaratiş, barça iştirokçilar uçun teng şaroit taminlaş, işlab çiqaruvçilarni qöşimça hajm va sifat uçun rağbatlantirişga xizmat qiladi. Issiqlik elektr stantsiyalari va yirik istemolçilar kömirni “taklif sörovi” tartibi asosida, hisobot davridagi örtaça birja narxlarida xarid qilişi mumkin böladi.
Aholi va byudjet muassasalarini kömir bilan barqaror taminlaş uçun alohida mexanizm joriy etiladi. Kömir qazib çiqaruvçilar mahsulotni birja savdolarida alohida savdo maydonçasi orqali yetkazib beruvçi tadbirkorlarga sotadi. Tadbirkorlar omborxonasi, texnikalari va soliq reytingi kabi mezonlar asosida elektron tizim orqali tanlanadi.
Respublika böyiça aholi va byudjet taşkilotlariga yetkazib beriladigan kömir narxlari örtasidagi tafovutni bartaraf etiş maqsadida temir yölda taşiş yagona tarif asosida amalga oşiriladi. “Kömir taminot” masuliyati çeklangan jamiyati faoliyati tugatilib, hududlardagi 96 ta kömir ombori va texnikalar auktsion savdolari orqali sotiladi.


Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qöllab-quvvatlaş masalasiga alohida etibor qaratildi. Mycoal.uz portali orqali kömir sotib olgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga joriy yil iyun-dekabr oylarida 600 ming sömgaça bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Bu çora bozor mexanizmlariga ötiş şaroitida ehtiyojmand oilalarni manzilli himoya qilişga qaratilgan.
Import kömir sifati va ekologik xavfsizligi böyiça ham yangi talablar belgilanadi. Respublika hududiga olib kiriladigan kömirning oltingugurt miqdori, kaloriyasi va boşqa körsatkiçlariga talablar işlab çiqiladi. Belgilangan ekologik va sifat talablariga javob bermaydigan import kömirdan respublika hududida foydalaniş va uni sotiş taqiqlanadi. Kelgusida kömir importi faqat temir yöl orqali amalga oşiriladi.

Taqdimotda Nişboş kömir konini özlaştiriş investitsiya loyihasi haqida ham axborot berildi. Uşbu loyihaning umumiy zaxirasi 233 million tonna, yillik qazib çiqariş quvvati 10 million tonnani taşkil etadi. Qiymati 494 million dollar bölgan loyiha doirasida 880 ta yangi iş örni yaratiladi.
Şuningdek, uşbu kon negizida umumiy quvvati 1,4 gigavatt bölgan yangi issiqlik elektr stantsiyasini quriş taklif qilindi. Loyihaga köra, 1,3 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, har biri 350 megavatt quvvatga ega 4 ta energoblok ultra yuqori kritik texnologiyalar asosida quriladi.

Quriliş davrida 1500 ta, loyiha töliq işga tuşgaç, 310 ta yangi iş örni yaratiladi. Stantsiya yiliga örtaça 9,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarişi, 2 milliard kub metr tabiiy gazni tejaş imkonini berişi kutilmoqda.

Şuningdek, taqdimotda toğ-kon sanoatida mahalliylaştiriş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Xorijiy investitsiya loyihalarida mahalliy mahsulotlar uluşini oşiriş, yirik kombinatlar va tarmoq korxonalari ehtiyojlarini birlaştiriş, uzoq muddatli şartnomalar asosida mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş muhimligi qayd etildi.

Tahlillarga köra, toğ-kon sanoatida import örnini bosiş salohiyatini 2,1 milliard dollargaça yetkaziş imkoniyati mavjud. Bu, avvalo, texnika, ehtiyot qismlar, kimyoviy reagentlar va yirik agregatlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş hisobiga taminlanadi.
Şu munosabat bilan 2027-2030 yillarga möljallangan toğ-kon sanoatida mahalliylaştiriş strategiyasini işlab çiqiş topşirildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: