Özbekiston JSTga azolik böyiça Hindiston bilan muzokaralarni yakunladi
29-05-2026, 10:19
108 марта

Özbekiston JSTga azolik böyiça Hindiston bilan muzokaralarni yakunladi
Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga azolik yölida Hindiston bilan muzokaralarni yakunlaş töğrisidagi protokolni rasman imzoladi. Uşbu muzokaralarning parametrlari 2024 yilda kelişib olingan edi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining JST masalalari böyiça maxsus vakili Azizbek Örunov özining LinkedIn sahifasida malum qildi.Uning sözlariga köra, bu jarayon muayyan say-harakatlarni talab etgan, çunki tomonlar texnik verifikatsiyani (tekşiruvni) amalga oşirişlari va hujjat matnini Hindiston tomoni bilan batafsil muvofiqlaştirib olişlari kerak bölgan. Şunga qaramay, bozorga kiriş masalalarining mohiyati böyiça Nyu-Dehli nihoyatda konstruktiv yondaşuv namoyiş etgan.
Azizbek Örunov Hindistonga Özbekistonning taşkilotga azo bölişini qöllab-quvvatlagani uçun çuqur minnatdorçilik bildirgan. U uşbu natijaga erişişda Özbekistonning Hindistondagi elçisi Sardor Rustamboyev va Hindistonning Özbekistondagi elçisi Smita Pant, şuningdek, diplomatlar Anitxa Nandxini Ravintxeranatx, Gaurav Gupta va elçi Sentxil Pandianlarning körsatgan ulkan zahmatlarini alohida etirof etgan. Imzolaş marosimidan söng, Özbekiston jamoasi protokolning asl nusxalaridan birini keyinçalik umumlaştiriş uçun JST kotibiyatiga yuborgan.