Özbekiston JSTga azolik borasida Rossiya bilan sönggi protokolni imzoladi
22-12-2025, 13:40
350 марта

Özbekiston JSTga azolik borasida Rossiya bilan sönggi protokolni imzoladi
Keça, 21 dekabr kuni Prezidentning Jahon savdo taşkiloti böyiça vakili Azizbek Örinov Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Reşetnikov bilan birgalikda Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga azo böliş jarayonida ikki tomonlama bozorga kiriş muzokaralarini yakunlovçi protokolni imzoladi. Bu haqda Örinov özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirdi.Uning takidlaşiça, mazkur muzokara Prezident Şavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburgga amaliy taşrifi doirasida bölib ötgan.
“Muzokaralar uzluksiz, ammo mazmunli va konstruktiv bölib ötdi va bugungi ijobiy natija bilan yakunlandi. Men uşbu imkoniyatdan foydalanib, Özbekistonning azo böliş jarayonidagi faol iştiroki uçun Rossiya Federatsiyasiga, rahbarligi uçun vazir Maksim Reşetnikovga, qöşgan muhim hissasi uçun xonim Mayorovaga, kömaklaşgani uçun elçi Platonovga va qimmatli hamkorligi uçun Rossiya muzokaralar guruhiga samimiy minnatdorligimni bildirmoqçiman”, deya yozgan Örinov.Prezident vakili, şuningdek, ayni paytda köp tomonlama muzokaralarni ilgari surişga, zarur qonunçilikni yangilaşni yakunlaşga va kelgusi yilda azo böliş jarayonini muvaffaqiyatli yakunlaşga töliq etibor qaratilayotganini bildirgan.