USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga yetib bordi

139 марта

Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga yetib bordi

Bugun, 29 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Ostona şahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, poytaxt aeroportida davlat rahbarini Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Oljas Bektenov va boşqa rasmiylar kutib olgan.

Taşrif dasturiga muvofiq, Özbekiston yetakçisi kuzatuvçi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etadi.


Malumot uçun, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (EOII) eng yuqori organi bölib, uning tarkibiga taşkilotga azo davlatlar (Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Armaniston) Prezidentlari kiradi. Kuzatuvçi maqomiga ega bölgan Özbekiston nomidan ham Kengaş yiğilişlarida mamlakat Prezidenti iştirok etadi. Uşbu kengaş ittifoqning strategik rivojlaniş yönalişlarini belgilaydi, byudjetni tasdiqlaydi va ijroiya organlar rahbarlarini tayinlaydi. Kengaş majlislari yiliga kamida bir marta ötkazilib, unda barça qarorlar konsensus (umumiy rozilik) asosida, yani har bir azo davlatning teng ovoz huquqi inobatga olingan holda qabul qilinadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: