USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Adolatsizlik haqida murojaat qiliş pullimi?

49 марта

Adolatsizlik haqida murojaat qiliş pullimi?

Xalq dardini eşitiş ham tijoratmi? Davlat idoralarining «işonç telefonlari» kimning çöntagini töldirmoqda?

Bugun mamlakatda davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan boş mezon, özgarmas tamoyil şu. Şaxsan Prezidentning özi har bir çiqişida, yiğilişida aholi dardini eşitiş, muammolarga içkaridan, tizimli yeçim topiş haqida gapiradi, davlat taşkilotlarini xalqning içiga kirişga, unga yaqinlaşişga çaqiradi.
Biroq, yuqoridagi balandparvoz şiorlar va prezidentning siyosiy irodasi quyi böğindagi ijroçilarning «öyinlari» oldida botib qolayotgandek. Bugun Özbekistonda davlat taşkilotlarining «işonç telefonlari» xalq muammosini hal qiliş vositasidan köra, puxta öylangan pul undiriş mexanizmiga sof tijorat modeliga aylanib qolgani açinarli holatdir. Işoniş qiyin, ammo fakt şuki, bugun mamlakatda davlat idorasiga adolat izlab boriş, qonunbuzarlik yoki korruptsiya haqida xabar beriş uçun ham avval çöntakda pul bölişi kerak!


Keling, masalaning eng oğriqli va insoniy tomoniga qaraylik. Davlat idorasining «işonç telefoni»ga kimlar qönğiroq qiladi? U yerga heç kim vaqti köpligidan yoki şunçaki ermakka sim qoqmaydi. U yerga boşiga oğir musibat tuşgan, mahalliy amaldorlarning eşigidan haydalib, huquqi toptalgan, nohaqlikdan yuragi qon bölgan oddiy fuqaro qönğiroq qiladi. Oilasini boqa olmay çorasiz qolgan ayol, haqqini undira olmayotgan işçi yoki korruptsiya botğoğiga duç kelib, adolat izlayotgan tadbirkor qönğiroq qiladi.

Ular göşakni qölga olganda ruhiy jihatdan nihoyatda oğir, tuşkun va ezilgan ahvolda bölişadi. Davlatning «işonç raqami» ular uçun sönggi umid, sönggi najot qalasi bölib körinadi. Ammo öşa oğir vaziyatda ularni davlat qanday kutib olmoqda? Madad va tinglaguvçi quloq örniga sovuq va bepisand avtomatik ovoz eşitiladi: «Hisobingizda mablağ yetarli emas».

Jabrdiyda inson u yoqda tursin, oddiy odamning ham bunday paytda dunyosi qoronği bölişi tabiiy. Nahotki davlat öz fuqarosini şu qadar bağritoşlik bilan qarşi olsa? Jinoyatni foş qilmoqçi bölgan, boşiga adolatsizlik tuşgan oğir ahvoldagi insonga «avval pul töla, keyin dardingga quloq solaman» deyiş qaysi insoniylik mezonlariga töğri keladi?
Sözimiz isboti uçun biz bir qator davlat idoralari va vazirliklarning işonç telefonlariga qönğiroq qilib kördik. Afsuski, murojaat uçun taqdim etilgan qisqa raqamlarning aksariyati pulli ekani malum böldi. 

Jumladan, Boş prokuratura, Majburiy ijro byurosi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Sport vazirligi, Maktabgaça va maktab talimi vazirligi, Transport vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Energetika vazirligiga murojaat qiliş uçun fuqaro mablağ sarflaşiga töğri keladi.

Qönğiroq qilingan taşkilotlar orasida faqat Içki işlar vazirligi tizimi murojaatga tezkor munosabat bildirib, qayta qönğiroq qiliş orqali holat bilan qiziqdi. Qolgan holatlarda esa, fuqaro öz dardini aytiş uçun ham avval hisobida mablağ bölişi kerak.

Eng etiborli jihati şundaki, korruptsiya, mansabdorlar tomonidan qonun buzilişi yoki boşqa huquqbuzarliklar haqida xabar beriş uçun möljallangan Boş prokuraturaning işonç telefoni ham fuqarolardan qöşimça xarajat talab qiladi. Aslida esa, jinoyat va korruptsiya haqida axborot beriş imkon qadar sodda va tösiqlarsiz bölişi kerak.

Nahotki, korruptsiya haqida xabar beriş, huquqbuzarlikdan şikoyat qiliş yoki adolat izlaş ham pulli xizmatga aylanib ulgurgan bölsa? Davlat idoralarining işonç telefonlari xalqqa xizmat qiliş vositasimi yoki qöşimça daromad manbaimi?

«Musiqa tinglaganingiz uçun rahmat, hisobingizdan pul yeçildi!»

[30.05.2026 16:22] Malak opa: Mabodo baxtingiz çopib, telefoningiz balansida pul bölsa, sizni ikkinçi bosqiçdagi tizimli «tuzoq» kutib oladi:

Operatorga ulanguça kamida 10–15 daqiqalab asabni egovlovçi «suniy navbat» va majburiy musiqa eşittiriladi.

Eng alamlisi, siz göşak uşlab navbat kutayotgan va operatorning paydo bölişini iltijo qilayotgan har bir soniyangiz uçun mobil operatoringiz hisobingizdan pul qirqişni boşlaydi.
Muammo u yoqda qolib, masul xodim bilan gaplaşib bölguningizça telefoningiz balansi allaqaçon «minus»ga kirib böladi.

Buning nomi qonuniylaştirilgan talonçilik emasmi? Axir davlat idorasiga murojaat qiliş tovar yoki xizmat sotib oliş emas. Bu fuqaroning qonun bilan kafolatlangan huquqi. Huquqni amalga oşiriş uçun qöşimça haq undiriş esa, davlat bilan fuqaro örtasidagi işonçga putur yetkazadi. Xalq davlat idorasiga arz qilişi, jamiyatdagi kamçilikni körsatiş uçun nega kimgadir pul tölaşi kerak? Prezident «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi kerak» degan mezonni kun tartibiga qatiy qöygan bir vaqtda, vazirliklar bu mezonni özlari uçun foydali «biznes-model»ga aylantirib olişganini qanday tuşuniş mumkin?

Byudjet milliardlari qayoqqa ketmoqda yoki murojaatlar uçun atayin qöyilgan «filtr»

Davlat taşkilotlari bu şarmandali holatni, masuliyatni özlaridan soqit qilgan holda, «Aloqa operatorlarining tariflari» yoki «Texnik xarajatlar» deb xaspöşlaşga urinişlari ham mumkin. Bu jamoatçilikni ahmoq qilişdan boşqa narsa bölmagan, mutlaqo asossiz bahona.

Birinçidan, har yili davlat byudjetidan (yani, aynan öşa oddiy soliq tölovçilarning çöntagidan) har bir vazirlik va qömitaga, ularning axborot tizimlari va Call-markazlarini saqlaş uçun milliardlab mablağlar ajratiladi. Bu pullar qayerga ketyapti? Xalqning arzini bepul eşitişga yaramagan tizimga byudjetdan milliardlab pul ajratiş neçoğlik mantiqli?

Ikkinçidan, bu holatlardan murojaatlar soni suniy ravişda pasaytirilsin degan maqsad yaşiringandek taassurot uyğonadi. Maqsad: bitta oğir ahvoldagi, puli kam aholi imkon qadar kamroq qönğiroq qilsin, şikoyatlar soni suniy ravişda pasaytirilsin, idoralar esa ortiqça boşoğriqsiz, tinçroq ötirişsin.
Çunki, qönğiroq uçun pul ketişini, hisobi kuyişini bilgan fuqaro oxir-oqibat qöl siltab ketadi. Ijroçilarga esa aynan şu kerak, muammolar xaspöşlansa, statistika «çiroyli» çiqaveradi. Bu esa, xalq dardini emas, balki murojaatlar soni kamayganini körsatuvçi soxta hisobotlarnigina davolaydi.

Bu tizim kimga xizmat qilyapti: xalqqami yoki monopolistlarga?

2026 yil — raqamlaştiriş, suniy intellekt va yuksak oçiqlik davri deb jar solyapmiz. Dunyoning rivojlangan davlatlari u yoqda tursin, qöşni mamlakatlarda ham davlatning har qanday Call-markazlari va işonç telefonlari mutlaqo bepul «Toll-free» tizimida işlaydi. Çunki davlat bilan muloqot qiliş fuqaroning tabiiy va konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi.

Bizda esa, fuqaro korruptsiyani foş qilmoqçi bölsa ham, huquqi buzilganini aytmoqçi bölsa ham avval telefon balansini töldirişi şart. Şunda mantiqiy şubha tuğiladi, davlat vazirliklari aloqa operatorlari bilan yaşirin kelişuv tuzganmi yoki ularning uluşiga şerikmi? Boşqaça mantiqiy tuşuntirişning özi yöq. Agar bu şeriklik bölmasa, unda nega aloqa sohasiga masul vazirliklar bu tizimli nohaqlikka köz yumib kelmoqda?

Davlat taşkilotlarining barça «işonç telefonlari» va qisqa raqamlariga qönğiroq qiliş fuqarolar uçun mutlaqo bepul bölişi kerak. Bu xalqqa körsatilayotgan imtiyoz yoki iltifot emas, bu fuqaroning qonuniy haqqidir!

Uşbu tizimning texnik xarajatlari taşkilotlarning öziga ajratiladigan byudjet mablağlari yoki Raqamli texnologiyalar vazirligi hisobidan qoplanişi şart. Xalq allaqaçon öz soliqlarini tölab qöygan.
Agar vazirlik va qömitalar oddiy xalqning boşiga iş tuşganda, oğir ahvolda qolganda uning dardini bepul eşitişni ham uddalay olişmayotgan bölsa, unda «işonç telefoni» degan balandparvoz şior ortiga yaşirinib, odamlarni ovora qilişni töxtatişsin va öşa markazlarini butunlay yopib qöya qolişsin.
«Işonç» degan muqaddas va umidbaxş tuşunça fuqaroning telefon balansi yoki çöntagidagi puli bilan ölçanmasligi lozim.

«Rost24.uz» tahririyati Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligidan uşbu «pulli tuzoqlar» yuzasidan aniq va oçiq rasmiy izoh talab qiladi.
Ijroçilarning prezident siyosatiga mutlaqo zid bölgan bu «biznes öyinlari»ga qaçon çek qöyiladi? Xalq dardini eşitiş qaçon haqiqiy manoda bepul böladi? Tahririyat mazkur holat yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, mobil aloqa operatorlari hamda maqolada tilga olingan davlat idoralaridan rasmiy izoh kutadi. Biz mavzuni kuzatişda davom etamiz.

Quvonçbek Qosimov

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: