Xalq qabulxonalarining barça xodimlari bugundan boşlab işdan böşatildi
16-06-2025, 11:18
1 345 марта
Xalq qabulxonalarining barça xodimlari bugundan boşlab işdan böşatildi“Xalq qabulxonalari tizimi ham aholi dardini eşitib, masalalarni hal qiliş örniga murojaatlarni davlat taşkilotlariga taqsimlovçi “dispetçer”ga aylanib qoldi”, - dedi prezident.
Ötgan yili virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan.
Ayniqsa, Toşkent şahri va Buxoroda mansabdor şaxslar ustidan şikoyatlar köpaygani takidlandi.
Şu sababli Xalq qabulxonalarining barça xodimlari bugundan boşlab işdan böşatilişi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan töldirilişi qayd etildi.
Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining özi rahbarlik qilişi belgilandi. Hokimlar har kuni işini şu yerda aholi dardi va taşvişini eşitişdan boşlaydi.