Xalq köprik tamirlamoqda: Mutasaddilar qayerda?
9-06-2025, 11:40
426 марта
Xalq köprik tamirlamoqda: Mutasaddilar qayerda?Xorazm va Qoraqalpoğistonni boğlab turuvçi yagona yöl ustidagi muhim köprik bugun tamirtalab holga kelgan. Bu haqda xorazmbugun.uz ötgan oyning özida maxsus videoreportaj elon qilgan edi. Ammo oradan vaqt ötib, mutasaddilardan sado çiqmadi. Etiborsizlik va befarqlik şunçalik darajaga yetdiki — endi xalqning özi tamirlaşga kirişgan.
“Xalq harakatga keldi, çunki boşqalar jim edi”
Köprik – Xorazm viloyatining Urganç tumani bilan Qoraqalpoğiston Respublikasining boğlovçi yöl ustida joylaşgan. Uşbu yöldan har kuni yuzlab yengil va yuk maşinalari, avtobuslar va mototransport vositalari harakatlanadi. Ayniqsa bozorçilar, iş izlab qatnovçilarning asosiy yönalişi aynan şu köprikka töğri keladi.
Ammo oxirgi yillarda köprikning qoplamasi yemirilgan.Bu haqda fuqarolar bir neça bor mahalliy hokimiyatlarga murojaat qilgan. Oxir-oqibat xorazmbugun.uz tomonidan tayyorlangan video hisobot ommaga taqdim etildi.
Lekin öşa kundan boşlab ham heç narsa özgarmadi.
Şunda xalq öz kuçi bilan harakatni boşladi – tsement, qum, şağal,
yiğildi. Mahalliy ustalar köprik ustiga çiqdi. Kimdir tsement qoradi, kimdir eski qoplamani yamaydi.
“Yölimiz şu bölmasa, işdan qolamiz. Bu köprik biz uçun nafaqat temir-beton, balki hayot yölidir,” – deydi mahalliy fuqarolardan biri.
Masul kim? Javobgarlik kimda?
Bu savol bugun har bir ongli fuqaroning yuragida jaranglayapti. Çunki bu oddiy qişloq ariqlari ustidagi köprik emas – bu ikki hududni boğlovçi strategik infratuzilma.
Savollar:
• Bu köprik uçun bevosita kim javobgar? Viloyat yöl bölimimi? Avtomobil yöllari qömitasimi? Hududiy quriliş boşqarmasimi?
• Nega bu darajadagi xavfli holat ommaviy axborot vositalarida çiqqanidan söng ham sukut saqlanmoqda?
• Fuqarolar öz hisobidan köprikni tamirlayotganini mutasaddilar faxr bilan tomoşa qilayaptimi yoki or qilayaptimi?
• Agar tamirlaş vaqtida baxtsiz hodisa sodir bölsa, javobgarlikni kim öz zimmasiga oladi?
Bu faxr emas – bu aççiq haqiqat
Bazi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bunday xalq taşabbusini “birlik namunasi” deb atamoqda. Biroq bu yutuq emas. Çunki bu harakat – davlat tizimining loqaydligidan tuğilgan majburlikdir.
“Agar davlat yöllarni tamirlaşni öz vaqtida amalga oşirganida, xalq qöliga belkurak olmas edi,” – deydi sobiq quriliş muhandisi

