Köprik yiqilsa-çi? Xorazm va Qoraqolpoğistonni boğlovçi muhim inşoot nega kundan-kunga abgor holga kelmoqda?
24-05-2025, 17:15
260 марта
Xorazm viloyatining Urganç tumanidan Qoraqolpoğiston Respublikasiga olib boruvçi asosiy köprik – Çoliş yönalişidagi strategik yöl ustidagi muhim inşoot – bugun oğir ahvolda. yöl qoplamasi ostida çuqurlar paydo bölgan bu köprikdan har kuni yuzlab avtomobillar, yölovçi taşuvçi avtobuslar va yuk maşinalari ötadi.Ammo biror ogohlantiruvçi belgi yöq, xavfsizlikka oid heç qanday çora körilmagan.
Mutasaddilar jim. Xalq esa xavf ostida
Xorazm viloyat yöllari böyiça masul taşkilotlar, xususan, Viloyat avtomobil yöllari boşqarmasi, Quriliş va transport vazirligi hududiy bölinmalari bu masalaga jiddiy yondaşmayotgani aholida norozilik uyğotmoqda. Uşbu köprikdan ötiş har kuni odamlar uçun xavfga aylangan bölsa-da, uni tamirlaş yoki almaştiriş böyiça konkret reja elon qilinmagan.
Haqiqatni tan oliş va çora köriş vaqti keldi
Yuzlab odamlar taqdirini boğlab turgan bu köprik ağdarilsa, faqat moddiy zarar emas, balki inson hayoti xavf ostida qolişi mumkin. Davlat idoralari va tegişli muassasalar tanaffussiz foydalanilayotgan uşbu inşootni zudlik bilan ekspertizadan ötkazişi va tamirlaş işlarini boşlaşi şart.
Bu şunçaki oddiy köprik emas – bu ikki hududni, ikki xalqni birlaştiruvçi yöl. Uni saqlab qoliş – masullar uçun burç, xalq uçun esa hayot-mamot masalasidir.
