Qirğizistonning Özbekistondagi sobiq elçisining qizi hibsga olindi
1-06-2026, 18:02
326 марта
Qirğizistonning Özbekistondagi sobiq elçisining qizi hibsga olindiQirğizistonda sobiq qişloq xöjaligi vaziri va mamlakatning Özbekistondagi sobiq elçisi Emilbek Uzoqboyevning qizi Meyerim Uzoqboyeva korruptsiya işida gumonlanib qölga olindi. Unga 30 yil avval davlat mulkini xususiylaştiriş jarayonlari bilan boğliq iş yuzasidan ayblov qöyilgan. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Hodisa Bişkek şahrida joylaşgan “Qirğizayilkomok” korxonasi bilan boğliq. Hozirgi kunda uşbu korxona aktsiyalarining 63 foizi Uzoqboyevlar oilasi nazoratida.
Tergov malumotlariga köra, iş 1993-yilda boşlangan xususiylaştiriş jarayonlarini qayta körib çiqiş bilan boğliq bölib, öşa davrda davlatga tegişli bölgan korxona mulki bosqiçma-bosqiç xususiy qöllarga ötgan. Hozir esa huquq-tartibot organlari öşa davrdagi aktsiyalarni sotib oliş va ötiş jarayonlarining qonuniyligini tekşirmoqda.
Advokat Akinbek Nogoyevning bildirişiça, öşa paytda Meyerim Uzoqboyeva atigi 10 yoşda bölgan va u keyinçalik ham bu aktsiyalarga bevosita egalik qilmagan. Şunga qaramay, unga nisbatan qöyilgan ayblovlar jamoatçilikda savollar tuğdirmoqda. Advokat bu iş ortida siyosiy bosim yoki yer maydoniga qiziqiş bölişi mumkinligini ham taxmin qilgan. Uning sözlariga köra, korxona hududi katta bölib, u yerda kelgusida quriliş loyihalari uçun qiziqiş böliş ehtimoli mavjud. U şuningdek, bu holatni adolatsiz deb baholab, haqiqiy korruptsiya ayblovlari bilan boğliq şaxslar erkin yurgan bir paytda, uç nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayol hibsda saqlanayotganini tanqid qilgan.
Ularning murojaati Prezidentga yuborilgan bölsa-da, u yana tergov organlariga qaytarilgan. Tergov jarayoni esa qariyb ikki oydan beri davom etayotganiga qaramay, hozirça sezilarli natijalar qayd etilmagan. Qirğiziston parlamentida ham xususiylaştiriş jarayonlarini qayta körib çiqiş masalasi muhokama qilingan bölib, ayrim deputatlar eski bitimlarni 15–20 yildan keyin qayta oçişni “davlat darajasidagi reydçilik” deb atagan.
Şuningdek, deputatlar biznes va investitsiyalarni himoya qiliş maqsadida davo muddatlarini qatiy belgilaş, xususiylaştirişdagi xatarlarni suğurtalaş tizimini joriy etiş hamda ötmişdagi xatolar uçun tadbirkorlarni emas, balki masul amaldorlarni javobgarlikka tortişni taklif qilgan.