Özbekistonda oliygohlar kamaydi: Xorazm viloyati qaysi örinda?
2-06-2026, 12:59
688 марта
Özbekistonda oliygohlar kamaydi: Xorazm viloyati qaysi örinda?Milliy statistika qömitasining sönggi malumotlariga köra, 2025/2026 öquv yili boşida Özbekistonda jami 215 ta oliy talim taşkiloti faoliyat yuritgan. Bu körsatkiç ötgan öquv yili boşiga nisbatan 7 taga kamaygan. Xöş, bu özgarişlar fonida
Xorazm viloyatining örni qanday va eng köp OTMlar qaysi hududlarda joylaşgan?
Poytaxt hamon yetakçi, viloyatlarda ahvol qanday?
Mamlakatdagi oliy talim muassasalarining qariyb yarmi hanuzgaça poytaxt hissasiga töğri kelmoqda. Toşkent şahrida 98 ta OTM faoliyat körsatayotgan bölib, bu respublikadagi jami oliygohlarning katta qismi demakdir. Poytaxtdan keyingi örinni 19 ta oliygoh bilan Toşkent viloyati egallab turibdi. Kuçli uçlikni esa 14 ta OTM bilan Samarqand viloyati yakunlagan.
Xorazm viloyati respublikada 5-örinda!
Abituriyentlar va talabalar soni böyiça faol hududlardan biri bölgan Xorazm viloyatida ayni paytda 8 ta oliy talim muassasasi faoliyat yuritmoqda.
Viloyatimiz bu körsatkiç bilan respublika miqyosida Surxondaryo viloyati bilan bir xil poğonani band etgan holda, kuçli beşlikdan joy oldi. Töğri, bu körsatkiç qöşni Buxoro viloyati (11 ta) yoki Samarqanddan (14 ta) kamroq bölsa-da, vodiy viloyatlari — Andijon va Farğona (9 tadan) bilan deyarli teng mavqeda ekanimizni körsatadi.