USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tailandga borayotgan sayyohlar ogohlantirildi

289 марта

Tailandga borayotgan sayyohlar ogohlantirildi

Tailand hukumati mahalliy aholi va turistlarni yomğirlar mavsumida xavfli kasalliklar avj olişi xavfidan ogohlantirdi. Xususan, Denge bezgagi, Zika virusi va çikungunya bilan kasallaniş holatlari köpayişi mumkin. Bu haqda Tailand Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, may oyining oxiridan oktyabr oyining örtalarigaça davom etadigan yomğirlar mavsumida mamlakatda ananaviy tarzda qator xavfli kasalliklar tarqalişi xavfi ortadi. Bunda asosiy etibor denge bezgagi, çikungunya, Zika virusi va çivinlar orqali yuqadigan boşqa infektsiyalarga qaratilmoqda.

Bundan taşqari, yomğirlar mavsumida nafas yöllari kasalliklari, jumladan, gripp, pnevmoniya (zotiljam), RSV (respirator-sintsitial virus) va COVID-19 tez-tez tarqaladi. Hukumat profilaktika çoralariga rioya qilişni, qöllarni tez-tez yuvişni, odamlar gavjum joylarda niqoblardan foydalanişni va kasallanganlar bilan muloqotdan saqlanişni tavsiya etadi.
Soğliqni saqlaş vazirligi, şuningdek, turistlar va aholini quyidagilarga çaqirgan:
  • çivin çaqişidan himoyalaniş;
  • suv bosgan joylarda yalangoyoq yurmaslik;
  • momaqaldiroq va kuçli yomğirlar vaqtida ehtiyotkorlik çoralarini köriş.
Vazirlikning malum qilişiça, butun yomğirlar mavsumi davomida mamlakatda yuqumli kasalliklar avj olişi mumkin bölgan holatlarga tezkor çora körişga tayyor bölgan tibbiy tezkor harakat guruhlari faoliyat olib boradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: