USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondan 4 ming yil avvalgi jarrohlik amaliyoti izlari topildi

264 марта

Özbekistondan 4 ming yil avvalgi jarrohlik amaliyoti izlari topildi

Özbekiston hududida 4 ming yil avval, bronza davriga mansub bolaning boş suyagida trepanatsiya (kalla suyagini teşiş) izlari aniqlandi. Bu topilma Markaziy Osiyoda hozirgaça malum bölgan eng qadimiy jarrohlik dalillaridan biri sifatida baholanmoqda. Bu haqda Turkiyaning “Arkeofili” jurnalida maqola elon qilindi.

Tadqiqotçilar malumotiga köra, taxminan 5 yoşida vafot etgan bolaning skeleti sönggi oylarda olib borilgan qaziş işlari davomida topilgan. U bilan birga yana 3 yoş atrofida vafot etgan boşqa bir bolaning qoldiqlari ham bir xil qabrdan aniqlangan.
Mutaxassislar qayd etişiça, 5 yoşli bolaning boş suyagida toş yoki suyakdan yasalgan asboblar yordamida amalga oşirilgan “kalla suyagini trepanatsiya qiliş” izlari yaqqol körinadi. Qadimda bunday amaliyot epilepsiya, migren yoki ruhiy xastaliklarni davolaş maqsadida bajarilgan bölişi mumkin. Biroq tadqiqotçilar öşa davrda tibbiyot va marosim amaliyotlari örtasidagi çegaralar aniq bölmaganini takidlamoqda.


Kaşfiyot Özbekiston janubida, Afğoniston çegarasiga yaqin bölgan arxeologik hududda, Italiya va Özbekiston arxeologlari hamkorligidagi ekspeditsiya davomida amalga oşirilgan.

Qaziş işlari bronza davriga oid Jarqöton manzilgohiga qaratilgan bölib, mutaxassislar bu qabristonni miloddan avvalgi III ming yillik oxirlariga mansub deb hisoblamoqda. Öşa davrda Jarqöton Oks tsivilizatsiyasi (Baqtriya-Marğiyona arxeologik majmuasi)ning muhim şahar markazlaridan biri bölgan.

Tadqiqotçilar bu tsivilizatsiya yirik daryo va vohalar böylab rivojlanganini, kuçli qişloq xöjaligi va boy moddiy madaniyatga ega bölganini qayd etgan. Uning inqirozi esa yirik daryolarning qurişi bilan boğliq iqlim özgarişlari natijasida yuz bergan bölişi mumkin.
“Jarqöton bizni hanuz hayratga solmoqda. 4 ming yil avval Markaziy Osiyoda kiçik bolaga bunday murakkab jarrohlik amaliyotining bajarilişi juda ğaroyib holat”, degan arxeolog Enriko Askalone.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: