“Qora akula” bilan yölga çiqqan “Saturn” jazolandi
3-06-2026, 15:02
727 марта

“Qora akula” bilan yölga çiqqan “Saturn” jazolandi
Odamlar orasida "Saturn" nomi bilan tanilgan özbekistonlik pop-MMA jangçisi Oğabek Abdumöminov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ulaşgan videosi sabab jarimaga tortildi. Bu haqda bugun, 3 iyun kuni Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.Oğabek Abdumöminovning xavfsizlik kamaridan foydalanmay, avtotransportni boşqarib ketayotganligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölgan. Qayd etilişiça, Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi qidiruv bölimi tomonidan qoidabuzar çaqirtirilib, tegişli mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
“Avtotransport vositasini xavfsizlik kamarisiz haydaganman. Ijtimoiy tarmoqlarga bu video joylangandan keyin keng muhokamalarga sabab böldi. Bu holat qayta takrorlanmaydi”, degan pop-MMA jangçisi.