Özbekistonda bolalar uçun xavfli öyinçoqlar sotilayotgani aniqlandi
3-06-2026, 16:45
232 марта

Özbekistonda bolalar uçun xavfli öyinçoqlar sotilayotgani aniqlandi
Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspektsiyasining Jizzax hududiy bölimi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi mutaxassislari tomonidan ötkazilgan tekşiruvlarda “Elastik spiral ipli töp”, “Pinç” savdo belgili muşuk panjasi va Avengers superhero öyinçoqlaridan namunalar olinib, laboratoriya sinovlari olib borilgan.
Sinov natijalariga köra, mahsulotlarda ötkir hid mavjudligi, himoya qoplamasining namlik tasiriga çidamsizligi, mayda detallarning mustahkam biriktirilmagani, mexanik tasirga bardoş bermasligi hamda formaldegid miqdori meyorlardan yuqoriligi aniqlangan.
Mutaxassislar takidlaşiça, formalmdegid nafas yöllari, köz va teriga salbiy tasir körsatişi, allergik reaktsiyalarni kuçaytirişi hamda bolalar salomatligi uçun xavf tuğdirişi mumkin. Şuningdek, öyinçoqlardagi mayda qismlarning osongina ajralişi bolalarning ularni yutib yuborişi yoki jarohatlanişiga sabab bölişi ehtimoli mavjud.
Tekşiruv davomida mahsulot yorliqlarida zarur malumotlar davlat tilida körsatilmagani ham qayd etilgan. Aniqlangan holatlar “Bolalar öyinçoqlarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament” talablariga zid deb topilgan.