1,5 gektar yer uçun 750 ming dollar söragan şaxs qölga tuşdi
4-06-2026, 09:08
269 марта

1,5 gektar yer uçun 750 ming dollar söragan şaxs qölga tuşdi
DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari davlatning yerini noqonuniy rasmiylaştirib berişga uringan şaxsni qölga oldi.Toşkent şahrida yaşovçi bu şaxs (1979 y.t.) tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirib, Yangiyöl tumanida joylaşgan davlat zaxirasidagi 1,5 gektar yerni arxitektura va kadastr tizimlarida işlovçi mansabdor tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişni vada qilib, evaziga 750 ming AQŞ dollari söragan.
Ötkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar söragan pulidan 20 ming dollarini oldindan olgan vaqtida uşlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.