Özbekiston mustaqil iqtisodiy ösiş markaziga aylanmoqda – Şavkat Mirziyoyev
5-06-2026, 22:08
75 марта

Özbekiston mustaqil iqtisodiy ösiş markaziga aylanmoqda – Şavkat Mirziyoyev
Özbekiston va umuman, Markaziy Osiyo mustaqil iqtisodiy ösiş markaziga aylanmoqda. Bu haqda bugun, 5 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yiğilişida söz oçdi.Özbekiston rahbari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga mazkur forumga taklif etgani va samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirgan. Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasanni, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi örinbosari Xan Çjenni qutlagan.
“Özining öttiz yillik faoliyati davomida jahon miqyosidagi eng muhim masalalar yuzasidan fikr almaşiş böyiça nufuzli va zarur muloqot maydonlaridan biriga aylangan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida iştirok etiş men uçun katta şarafdir.Şuningdek, Özbekiston yetakçisi Özbekiston ming yillar davomida Buyuk ipak yölining yuragi bölib kelganini qayd etgan. Şu bilan birga, Samarqand, Buxoro va Toşkent orqali nafaqat mahsulotlar taşilgan, balki ğoya va bilimlar, madaniy va diniy ananalar bir-birini özaro boyitib kelganini qayd etgan.
Özbekiston bilan tarix, manaviy yaqinlik va insoniy taqdirlar orqali boğlangan Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg şahrida bugun yana bir bor bölib turganimdan ğoyat xursandman.
Uruşning oğir yillarida köplab özbekistonliklar Leningrad mudofaasida qatnaşgan, Toşkent esa bir yarim million nafardan ortiq evakuatsiya qilingan bolalar, ayollar va keksalarga boşpana bergan edi. Bu haqdagi xotira umumiy manaviy makonimizning bir qismi bölib qolmoqda”, deydi Prezident.
“Şuning uçun ham oçiqlik biz uçun doimo tanlov emas, balki hayotiy zarurat va tsivilizatsiya kodi hisoblangan. Hozirgi kunda u yangiça mano-mazmun kasb etib bormoqda.
Özbekiston va umuman, Markaziy Osiyo mustaqil iqtisodiy ösiş markaziga aylanmoqda. Bu mintaqada kelajakning transport, texnologiya va demografiya sohalaridagi qiyofasi namoyon bölmoqda. Uşbu makonda Şimol va Janub, Ğarb va Şarq örtasidagi asosiy kommunikatsiyalar çorrahasi şakllanmoqda.
Kuçayib borayotgan ayni tendentsiyani yanada mustahkamlaş uçun bizga sifat jihatidan yangi darajadagi boğliqlik nihoyatda zarur. Bu örinda nafaqat ananaviy transport-logistika va energetika yölaklarini birlaştiriş, balki raqamli, tölov va işlab çiqariş infratuzilmalarini integratsiya qiliş haqida ham söz bormoqda. Kuçli, birlaşgan, iqtisodiy jihatdan boğlangan, oçiq va barqaror Markaziy Osiyo barça şeriklarimizning strategik manfaatlariga javob beradi”, deydi davlat rahbari.