Prezident nomidan foydalangan firibgarlar tödasi uşlandi
6-06-2026, 15:51
55 марта

Prezident nomidan foydalangan firibgarlar tödasi uşlandi
Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirda ijtimoiy tarmoqlarda davlat amaldorlari va maşhur şaxslar siymosi orqali reklama qilingan investitsiya platformasi ortida turgan hamda noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan şuğullanib kelgan uyuşgan jinoiy guruh foş etildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.Malum qilinişiça, Instagram ijtimoiy tarmoği va Telegram messenjeridagi “Amina Halol Trading” foydalanuvçisi fuqarolar işonçiga kirib, firibgarlik qilib kelayotganligi yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirda Olmazor tumani hududidagi köp qavatli binolarning biri tekşirilgan. Natijada noqonuniy kripto-aktivlar savdosi bilan şuğullanib kelayotgan bir guruh şaxslar qölga olingan.
Tekşiruvlarga köra, gumonlanuvçilar amalga oşirgan P2P operatsiyalari va noqonuniy kriptoaylanma hajmi 1,5 milliondan ziyod USDT’ni taşkil etgan. Malum bölişiça, jinoiy guruh azolari 100 dan ziyod Özbekiston fuqarolarini aldab, malum mablağ evaziga Qozoğistonga olib borgan. U yerda ularning nomiga turli banklardan plastik kartalar oçtirilib, keyinçalik mazkur kartalar kripto-aktivlar aylanmasida foydalanilgan.
Olib borilgan örganişlar natijasida uşbu jinoiy sxemaning ortida xorijlik firibgarlar bölib, uşbu jinoiy harakatlarni amalga oşirişda ijroçi sifatida Özbekiston fuqarolari iştirok etgan. Ular arzon haq evaziga öz nomiga plastik karta oçtirib, uni boşqa şaxslarga taqdim etgan.
Malum bölişiça, firibgarlar reklama va tarğibot materiallarida davlat amaldorlari va Prezident nomini suiistemol qilib, aholini işontirişga uringan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.