2 mlrd sömlik kriptoaktivlarni aylantirgan şaxs uşlandi
25-04-2026, 20:26
57 марта

2 mlrd sömlik kriptoaktivlarni aylantirgan şaxs uşlandi
Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan şaxs noqonuniy kripto faoliyat bilan şuğullangani foş etildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Malum bölişiça, uşbu şaxs iPhone 12 mobil qurilmasi orqali Bitget kriptobirjasining mobil ilovasidan foydalangan. U ilovada elektron hamyon taşkil etgan hamda 2025-2026 yillar davomida jami 2 milliard 50 million sömdan ortiq mablağga teng bölgan kriptoaktivlar aylanmasini amalga oşirgan.
Xabarga köra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) 3-qismi “a” bandiga muvofiq jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.