6,5 mln dollarlik kriptovalyutani aylantirgan yigit uşlandi
18-04-2026, 19:01
367 марта

6,5 mln dollarlik kriptovalyutani aylantirgan yigit uşlandi
Toşkent şahrida 6,5 mln dollar qiymatdagi kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgan yigit uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Malum bölişiça, Mirobod tumanida joylaşgan manzilda mazkur jinoiy faoliyatga aloqador bölgan 2003 yilda tuğilgan A. ismli şaxs qölga olingan. Şundan söng uning vaqtinçalik yaşaş manzili közdan keçirilgan. Uy içidan bir neçta mobil telefonlar, noutbuk, bank plastik kartalari hamda SIM-karta protsessual tartibda rasmiylaştirilib olingan.
Xabarda aytilişiça, gumonlanuvçi mazkur noqonuniy faoliyatni xorijda örganib, Özbekiston hududida mustaqil ravişda taşkil etgan. Uning elektron qurilmalari tekşirilganda 2025 yil fevral oyidan 2026 yil mart oyiga qadar u maxsus platforma orqali jami 6,5 million USDT dan ortiq miqdordagi kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.