Telegram-botda 51 ming dollarlik psixotrop sotgan şaxs uşlandi
17-02-2026, 20:27
127 марта

Telegram-botda 51 ming dollarlik psixotrop sotgan şaxs uşlandi
Telegram-bot orqali jami 51 ming AQŞ dollarlik giyohvandlik va psixotrop moddalar sotgan şaxs uşlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Ötkazilgan tezkor tadbirda Telegram tarmoğida giyohvandlik va psixotrop dori vositalari savdosi uçun yaratilgan 4300 obunaçiga ega bölgan maxsus bot faoliyati aniqlangan. Uşbu bot negizida 10 ta yana boşqa bot yaratilgan bölib, 6 tasi faoliyat yuritayotgani malum bölgan.
Aniqlanişiça, 2002 yilda tuğilgan A. ismli şaxs botning admini sifatida uni yuritib kelayotgan bölgan. Uşbu şaxs tomonidan boşqarilayotgan bot yordamida 1076 marotaba mijozlarga umumiy bahosi 51 ming 294 AQŞ dollarga teng bölgan giyohvandlik va dori vositalari sotilgani aniqlangan. Mazkur şaxsdan giyohvandlik vositalari va bir dona mobil telefon daliliy aşyo sifatida olingan.