USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞdagi özbekistonliklar ogohlantirildi

234 марта
AQŞdagi özbekistonliklar ogohlantirildi

Avvalroq, AQŞdagi bir guruh özbekistonlik yoşlar noqonuniy köça poygalarida qatnaşgani uçun, keyinroq esa yana bir neça özbekistonliklar yirik miqdorda tovar öğirlagani uçun qölga olingani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holatlar ortidan Özbekiston Respublikasining Nyu-York şahridagi Boş konsulxonasi ogohlantiriş bilan çiqdi.

“Boş konsulxona Amerika Qöşma Ştatlari hududida bölib turgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat qonunçiligiga qatiy rioya qilişga, mahalliy qonunlar, ananalar, madaniyat va umumqabul qilingan jamoatçilik xulq-atvor qoidalariga hurmat bilan munosabatda bölişga çaqiradi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, fuqarolardan har qanday qonunbuzarlik şaxsiy javobgarlikka sabab bölişi hamda bu kabi holatlar aksariyati qonunga itoatkor bölgan, halol mehnat qilayotgan, talim olayotgan, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan va Özbekistonni xorijda munosib tarzda namoyon etayotgan butun özbek jamoatçiligi haqidagi tasavvurga salbiy tasir körsatişi mumkinligini yodda tutiş söralgan.


“Uşbu masala yirik xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari ötkazilayotgan davrda ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi, zero bu vaqtda jamoatçilik va ommaviy axborot vositalarining Özbekiston va uning fuqarolariga bölgan etibori yanada ortadi”, deyiladi xabarda.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasining Nyu-York şahridagi Boş konsulxonasi öz vakolatlari doirasida fuqarolarga zarur konsullik-huquqiy yordam körsatişga tayyor ekani qayd etilgan. Bundan taşqari, barça özbekistonliklardan masuliyatli böliş, qonun talablariga rioya qiliş hamda huquqiy oqibatlarga olib kelişi yoki Özbekiston va özbekistonliklarning xorijdagi obrösiga putur yetkazişi mumkin bölgan har qanday harakatlardan tiyiliş söralgan. 

“Özaro hurmat, masuliyat va qonunlarga rioya qiliş Özbekiston hamda vatandoşlarimizning Amerika Qöşma Ştatlaridagi ijobiy imijini mustahkamlaşga bundan buyon ham xizmat qilişiga işonamiz”, deyiladi xabarda.

Изоҳ қолдириш

    • Шавкат 6 Iyun 2026 17:44
      Уят да энди, Дубай да шарманка килган эдиларинг! Энди АКШ да!

Мавзуга алоқадор: