TIV AQŞdagi Özbekiston fuqarolariga ogohlantiriş bilan çiqdi
27-11-2025, 20:59
367 марта

TIV AQŞdagi Özbekiston fuqarolariga ogohlantiriş bilan çiqdi
Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, sönggi kunlarda Amerika Qöşma Ştatlari böylab federal migratsiya organlari tomonidan kuçaytirilgan reydlar ötkazilmoqda.Tekşiruvlar jarayonida quyidagilarga etibor qaratilmoqda:
- Haydovçilik guvohnomalarining haqiqiyligi;
- Hujjatlarning muddati va qonuniyligi;
- Iş huquqi va migratsion maqom;
- Haydovçilarning ingliz tilini biliş darajasi.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, TIV AQŞda avtomobil boşqarayotgan fuqarolardan quyidagilarga amal qilişni söradi:
- Hujjatlarni tartibga keltiring;
- Qonuniy maqomingizni tasdiqlovçi hujjatlarni özingiz bilan olib yuring;
- Şubhali yoki muammoli holatlar bölsa, darhol Özbekistonning AQŞdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qiling.