Özbekistonda qoidabuzar haydovçilarni haydovçilik guvohnomasidan mahrum qiliş taklif etildi
10-09-2025, 21:20
140 марта
Özbekistonda qoidabuzar haydovçilarni haydovçilik guvohnomasidan mahrum qiliş taklif etildiAgar haydovçi bir oy içida 10 marta tezlikni oşirsa, qizil çiroqdan ötsa yoki qarşi yölga çiqsa, uni 6 oyga haydovçilik guvohnomasidan mahrum qiliş taklif etilmoqda.
Içki işlar vazirligi qoidabuzar haydovçilarga nisbatan jazoni kuçaytirişni taklif etmoqda
Loyihada takidlanişiça, ayrim haydovçilarning harakat qoidalariga rioya etmasligi — xususan, qarşi yölga çiqişi, svetoforning taqiqlovçi signaliga böysunmasligi yoki belgilangan tezlikdan ortiq harakatlanişi — oğir oqibatli YTHlarning köpayişiga olib kelmoqda.
Şuningdek, haydovçilarning qoidalarga befarq munosabati, harakat madaniyatiga amal qilmasligi va boşqa yölovçilarga hurmatsizlik körsatişi holatlari ham kundan-kun ortib borayotgani qayd etilgan.
Taklifga köra, agar haydovçi bir oy içida 10 marta quyidagi qoidabuzarliklarni sodir etsa:
tezlikni 40 yoki 60 km/soatdan ortiq oşirsa;
taqiqlovçi svetofor çiroğiga yoki nazoratçining taqiqlovçi işorasiga qaramay yölni kesib ötsa;
PYQga zid ravişda qarşi yölga çiqsa yoki boşqa yölovçilarni xavf ostiga qöyib, avariyali holat yaratsa,
u holda oxirgi qoidabuzarlik uçun qöşimça tartibda 6 oyga haydovçilik guvohnomasidan mahrum etiladi.
Vazirlikning takidlaşiça, qonunning qabul qilinişi harakat qoidalariga qatiy rioya etilişini taminlaydi va oğir oqibatli YTHlarning oldini olişga xizmat qiladi.
Loyiha muhokamasi 25 sentyabrgaça davom etadi.