Ayrim haydovçilarni profilaktik hisobga oliş böyiça qonun loyihasi tasdiqlandi
5-09-2025, 09:56
408 марта
Ayrim haydovçilarni profilaktik hisobga oliş böyiça qonun loyihasi tasdiqlandi Avtomaşinani mast holda boşqargani yoki yöl bezoriligi sodir etgani sababli transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilganlar alohida profilaktik hisobga qöyiladi.
Avvalroq deputatlar tomonidan mamuriy huquqbuzarlik uçun fuqaroni haydovçilik guvohnomasidan mahrum qilişning özi katta tasir çorasi bölib, yangi norma bir tomondan fuqaroning erkinligiga çeklov va profilaktika inspektoriga qöşimça yuklama ekani bilan etiroz bildirilgan edi.
Ammo etirozlarga qaramasdan qonun loyihasi keça, 4 sentyabr kuni Senat tomonidan tasdiqlandi.
Malumot uçun, 2024 yilda transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilgan 11 mingga yaqin şaxs tomonidan 23 582 ta yöl harakati qoidalarini buziş holatlari aniqlangan. Buning oqibatida 1 019 ta yöl-transport hodisasi sodir etilib, unda 295 nafar fuqaro vafot etgan va 873 nafari jarohatlangan.
Şuningdek, kitob öqigan mahkumning jazoni ötaş muddati har bir öqilgan kitob uçun 3 kunga, biroq bir yilda köpi bilan 30 kungaça komissiyaning xulosasiga asosan sud tomonidan qisqartirilişi ham tasdiqlandi.
Kitob öqiganlik uçun jazo muddatini qisqartiriş normasi umrbod ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarga nisbatan tatbiq etilmasligi takidlandi. Adabiyotlar röyxati Manaviyat va marifat markazi tomonidan tasdiqlanişi qayd etilgan.