Yöl harakati qoidalarini muntazam ravişda buzganlar jarimalarni çegirma bilan tölaş huquqidan mahrum böladi
9-07-2025, 17:10
164 марта

Davlat rahbarining takidlaşiça, ijtimoiy tarmoqlarda, hatto taniqli şaxslar orasida ham "jarimani töladim-ku, demak, xohlaganimça yurişim mumkin," degan tendentsiya tarqalgan.
"Endi yöllarda harakatlaniş madaniyatini oşiriş, aşaddiy qoidabuzarlarga qonun kuçini körsatiş böyiça yangi tizim joriy etamiz," - dedi prezident.
Şu maqsadda "Tizimli qoidabuzarlar" dasturi işga tuşiriladi. Agar haydovçi bir oy içida ikki marta svetoforning qizil çiroğiga yoki qarama-qarşi yönalişdagi bölakka ötib ketsa yoki tezlikni 5 marta oşirsa - bir yil davomida jarimalarni tölaşda çegirma oliş huquqidan mahrum böladi.
Agar bir oy içida qoidabuzarliklar soni 10 tadan oşsa - haydovçi 6 oygaça haydovçilik guvohnomasidan mahrum etilişi mumkin.
Prezident, şuningdek, tezlikni oşirganlik uçun jarimalar qayta körib çiqilişini takidladi. Tezlikni yöl qöyiladigan meyordan 2-3 baravar oşirganlik uçun haydovçilik guvohnomasidan mahrum qilişni nazarda tutuvçi qonunçilikka özgartirişlar kiritiş taklif etilmoqda.