Odam savdosi bilan şuğullangan ayol Turkiyada uşlandi
7-06-2026, 13:16
63 марта

Odam savdosi bilan şuğullangan ayol Turkiyada uşlandi
Özbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bölgan hamda odam savdosi bilan şuğullangan Özbekiston fuqarolari Turkiyada qölga olinib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.Malum qilinişiça, ayol Özbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bölgan. U Özbekiston va Turkiya Içki işlar vazirliklari örtasidagi hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Turkiyada qölga olinib, Özbekistonga qaytarilgan.
Mazkur şaxs fuqarolarni xorijiy davlatlarga işga yuboriş böyiça tegişli litsenziyaga ega bölmagan holda ularni AQŞ va Yevropa davlatlariga yuqori maoşli işlarga yuborişni vada qilib, ularning işonçiga kirgan hamda katta miqdordagi mablağlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Şuningdek, 135-modda (odam savdosi) jinoyatini sodir etib qoçib yurgan yana bir nafar şaxs uşlanib, Özbekistonga qaytarilgan.
“Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi samarali hamkorlik natijasida hozirda yana bir neçta qidiruvdagi şaxslarni aniqlaş, uşlaş va Özbekistonga qaytariş böyiça tegişli protsessual hamda tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.