Mudofaa işlar organlari fuqaro xodimlarining iş haqi oşiriladi
9-06-2026, 18:07
189 марта

Mudofaa işlar organlari fuqaro xodimlarining iş haqi oşiriladi
Özbekistonda mudofaa işlar organlari fuqaro xodimlarining iş haqi miqdori joriy yil 1 iyuldan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan yana 50 foizga oşiriladi. Bu haqda Özbekiston Mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhammedov “Axborot 24” dasturida malum qildi.Keça, 8 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanişgan. Mudofaa vaziriga köra, Toşkent va Samarqand şaharlarida xizmat ötayotgan harbiy xizmatçilarga turarjoy ijarasi uçun tölanadigan pul kompensatsiyasi 25 foizga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, mudofaa işlar organlari fuqaro xodimlarining iş haqi miqdori joriy yil 1 iyuldan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan yana 50 foizga oşirilişi belgilangan.
Taqdimot yakunida Şavkat Mirziyoyev qöşinlarning jangovar şayligi va tayyorgarligini oşiriş, bu borada qöşinlarga ilğor tajribalarni tatbiq etiş böyiça ustuvor vazifalarni belgilab bergan.
Şuningdek, harbiy talim tizimidagi islohotlarni izçil davom ettiriş, askarlarni kasbga öqitiş va oliy talim muassasalariga tayyorlaş, buning uçun ularga munosib şaroitlar yaratib beriş yuzasidan aniq topşiriqlar qöygan.