SSV fuqarolarni çangli havo asoratlaridan ogohlantirdi
17-05-2025, 22:46
444 марта
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qiçişişi bilan kuzatiladigan yötal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boşqa nafas yöli surunkali kasalliklari bor insonlar taşqariga çiqmasliklari söraldi. Oçiq havoda yurganda tibbiy niqob taqib yuriş va ularni tez-tez almaştiriş, yoş bolalar, homilador ayollar va yoşi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bölişlari tavsiya etildi.
Agar taşqi muhitdagi çanglar tufayli nafas qisişi, burun bitişi, aksiriş, burun oqişi, közlarda va tomoqda qiçişiş va qizariş, yötal belgilari yuzaga kelsa, oilaviy şifokorga murojaat qiliş lozim, deyiladi xabarda.