Özbekistonning oltin zaxirasi 5 yilda 879 tonnaga oşiriladi
10-06-2026, 11:29
64 марта

Özbekistonning oltin zaxirasi 5 yilda 879 tonnaga oşiriladi
Kelgusi beş yilda Özbekistonning oltin zaxirasini qöşimça 879 tonnaga, kumuşni 510 tonnaga, misni 676 ming tonnaga oşiriş böyiça işlar boşlangan. Bu haqda keça, 9 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan toğ-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli va suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş yuzasidan taqdimotda söz boradi.Qayd etilişiça, Özbekiston iqtisodiyotida toğ-kon sanoati va geologiya tarmoği muhim örin tutadi. 2025 yilda jami sanoat mahsulotining 20 foizi uşbu soha korxonalari hissasiga töğri kelgan. Ularning byudjetga tuşumlari 118,5 trillion sömni taşkil etgan.
Şu bois, sohani texnologik transformatsiya qiliş, işlab çiqariş va mehnat resurslaridan samarali foydalaniş, zamonaviy raqamli yeçimlarni keng tatbiq etiş iqtisodiy xavfsizlikni taminlaş, investitsiyalarni köpaytiriş va tabiiy resurslardan oqilona foydalanişda strategik ahamiyat kasb etadi.
Dunyoda “barqaror rivojlaniş” va “raqamli geologiya” kontseptsiyalari jadal rivojlanmoqda. Mamlakatda ham bu borada muayyan işlar amalga oşirilgan. Xususan, 2025 yilda yirik toğ-kon sanoati korxonalarida 7,3 trillion söm operatsion xarajatlar tejalib, mahsulot tannarxi 9,1 foizga kamaygan.
Şuningdek, “Geomonitoring” axborot tizimi joriy qilinib, 2 mingdan ortiq qazilma uçastkalariga oid malumotlar raqamlaştirilgan.
Kelgusi beş yilda oltin zaxirasini qöşimça 879 tonnaga, kumuşni 510 tonnaga, misni 676 ming tonnaga oşiriş böyiça işlar boşlangani qayd etilgan.
Suniy intellekt texnologiyalari geologik malumotlarni tezkor tahlil qiliş, qazilma boyliklarni prognozlaş, zaxiralarni aniq hisoblaş va burğilaş işlari samaradorligini oşiriş imkonini beradi. Şu maqsadda geologiya-qidiruv jarayonlarining barça bosqiçlariga suniy intellekt yeçimlarini joriy etiş rejalaştirilgan.
Prezident buning uçun sohada texnologik transformatsiyani yangi bosqiçga olib çiqiş, işlab çiqariş jarayonlarini suniy intellekt yordamida boşqariş va tahlil qiliş tizimini şakllantiriş zarurligini takidlagan.
Toğ-kon sanoati va geologiyada xaritalar, qidiruv natijalari, burğilaş malumotlari, laboratoriya tahlillari va işlab çiqariş körsatkiçlari kabi juda katta hajmdagi malumotlar şakllanadi. Ularni yagona elektron bazaga jamlaş, tezkor qidiriş va 3D modellar orqali tahlil qiliş yangi konlarni aniqlaş imkoniyatini oşiradi.
Buning natijasida tannarxni 10 foizga kamaytiriş, yangi konlarni oçiş muddatini 2 karra qisqartiriş, investorlarga taqdim etiladigan takliflar sonini 4 barobar oşiriş mumkinligi körsatib ötilgan.
Taqdimotda 2030 yilgaça geologiya va toğ-kon sanoatiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qiliş maqsad qilingani takidlangan. Buning uçun, avvalo, investorlar talab qilayotgan sifatli va işonçli raqamli malumotlar bazasini şakllantiriş zarur.
Şu munosabat bilan Geologik malumotlar milliy bazasini yaratiş taklif qilingan. Mazkur jarayonda “Texnologik transformatsiya markazi” taşkil etilib, mavjud 36 mingdan ortiq hisobotlar va birlamçi malumotlar raqamli körinişga ötkaziladi. Natijada geologik malumotlarni şakllantiriş, konlarni modellaş va zaxiralarni hisoblaş jarayoni 2 karra tezlaşadi.
Taqdimotda 2026-2030 yillarda geologiya sohasida hamda 6 ta yirik korxona – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Navoiyuran”, “Özmetkombinat”, “Özbekkömir” hamda “Özbekiston texnologik metallar kombinati”da suniy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etiş böyiça jami 44 ta loyihani amalga oşiriş rejalari haqida axborot berilgan.
Uşbu loyihalar beş asosiy yönalişni qamrab oladi: işlab çiqariş jarayonlarini avtomatlaştiriş, korporativ boşqaruvni raqamlaştiriş, suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş, mehnat va sanoat xavfsizligini taminlaş hamda kon-geologiya işlarini raqamli transformatsiya qiliş.
Loyihalarni amalga oşiriş natijasida operatsion samaradorlik 7 foizga, texnika va uskunalar işonçliligi 20 foizga, energiya samaradorligi esa 8 foizga oşişi kutilmoqda. Şuningdek, inson omili bilan boğliq xato va xavflar 15 foizga kamayişi mumkin.