Özbekistonda 2,5 mlrd dollarlik mis eritiş zavodi quriladi
16-03-2026, 12:49
77 марта

Özbekistonda 2,5 mlrd dollarlik mis eritiş zavodi quriladi
Qiymati 2,5 milliard dollarlik yangi mis eritiş zavodini barpo etiş böyiça işlar boşlab yuborildi. Mazkur korxonada ham mingdan ziyod iş örinlari böladi. Bu haqda bugun, 16 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitiş fabrikasini işga tuşiriş marosimida aytildi.Umuman, uşbu ikkita yirik quvvatlar hisobiga mis katodi işlab çiqarişning yillik hajmi 300 ming tonnaga, oltin 33 tonnaga, kumuş 203 tonnaga, molibden 1,7 ming tonnaga yetadi.
Şu bilan birga, uran qazib oliş va kimyo sanoati uçun zarur xomaşyo bölgan sulfat kislotasi işlab çiqariş 3 karra oşadi.
Bu yiliga kombinatga qöşimça 5 milliard dollar tuşum degani.
Prezident kombinat böyiça hali rejalar katta ekanini takidlagan. Yuqorida aytilgan körsatkiçlarni yana 1,5 karra oşirişga xizmat qiladigan 4-mis boyitiş fabrikasi böyiça loyihaoldi işlari jadal ketayotgani qayd etilgan.
Uşbu yangi loyihalar işga tuşganida Olmaliq kombinati mis işlab çiqariş böyiça dunyodagi uçta eng yirik kompleksdan biriga aylanadi.