Endi özbekistonliklar Şvetsiyaga işga borişi mumkin
11-06-2026, 09:53
71 марта

Endi özbekistonliklar Şvetsiyaga işga borişi mumkin
Bugun, 10 iyun kuni Özbekiston Respublikasi hukumati va Şvetsiya qirolligi hukumati örtasida migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli şeriklik töğrisidagi bitim imzolandi.Qayd etilişiça, mazkur bitim Özbekiston fuqarolariga Şvetsiyada rasmiy tarzda işlaş, öqiş va yaşaş imkonini beruvçi davlat tomonidan kafolatlangan yagona huquqiy mexanizm hisoblanadi. Mazkur hujjat mehnat mobilligi, akademik hamkorlik, noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraş va qaytariş tartiblarini kompleks tarzda tartibga soladi.
Xususan, uşbu hujjat orqali Özbekiston fuqarolari Şvetsiya mehnat bozorida qonuniy asosda iş topişi mumkin böladi. Jumladan, özbekistonliklar tibbiyot, texnika, xizmat körsatiş va parvarişlaş kabi eng köp talab etiladigan sohalarda Şvetsiyaga işlaş uçun borişi mumkin. Bundan taşqari, Şvetsiya mehnat bozori modellari, mamuriy tartib-taomillar va kiriş şartlari böyiça keng qamrovli malumot almaşinuvi yölga qöyiladi. Raqamli platformalar va maqsadli axborot kampaniyalari orqali özbek nomzodlari şved iş beruvçilar bilan boğlaniş imkoniyatiga ega böladi.
Şu bilan birga, bitim Şvetsiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan Özbekiston fuqarolari va ularning oila azolarining huquqlarini alohida kafolatlaydi:
- mehnat şaroitlari va iş haqi Şvetsiya qonunçiligi asosida taminlanadi;
- kasallik, homiladorlik va boşqa holatlar uçun ijtimoiy taminot qoidalari belgilanadi;
- işçining oila azolari huquq va manfaatlari davlatlararo darajada himoya qilinadi.
Qayd etilişiça, ikki tomon turli viza toifalarini beriş va böliş muddatini soddalaştiriş böyiça özaro hamkorlikni davom ettirişga kelişgan. Alohida bitim asosida diplomatik pasport egalari uçun 30 kunlik muddatga vizasiz kiriş tartibi belgilangan.
Şuningdek, bitim nafaqat işlaş va öqiş imkoniyatlarini oçadi, balki noqonuniy migratsiya, odam savdosi va hujjatlarni qalbakilaştirişga qarşi kuraşda hamkorlikni ham belgilab beradi. Agar Özbekiston yoki Şvetsiya fuqarosi boşqa davlat hududida noqonuniy tarzda yaşayotganligi aniqlansa, u öz yurtiga qaytariladi.