Endi odamlarning roziligisiz uylari buzib taşlanmaydi
11-06-2026, 12:01
233 марта

Endi odamlarning roziligisiz uylari buzib taşlanmaydi
Endi eskirgan va avariya holatiga kelgan turar va noturar binolarni yangilaş, qayta quriş va hududlarni obodonlaştiriş işlari aniq tartib asosida amalga oşiriladi hamda renovatsiyani amalga oşirişda mulk egalarining roziligi olinadi. Bu haqda Prezident “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi 1149-sonli qonunni imzoladi.Qonunga köra, şaharsozlik renovatsiyasini amalga oşiriş uçun şaharsozlik renovatsiyasi hududida joylaşgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yaşaş va foydalaniş uçun yaroqsiz bölib, avariya holatiga kelib qolganligi hamda hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy tasir qiladigan holatlarning mavjudligi asos böladi.
Şaharsozlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:
- mavjud obektni asosiy konstruktsiyasini özgartirmasdan rekonstruktsiya qiliş;
- mavjud obektni buziş va böşagan yer uçastkasida buzilgan obekt toifasidagi yangi obektni quriş;
- yaşil hududlarni va boşqa hududiy zonalarni taşkil etiş.
- davlat taşabbusiga köra;
- huquq egalarining taşabbusiga köra;
- uçinçi şaxslarning taşabbusiga köra.
Renovatsiyani amalga oşirişda mulk egalarining roziligi olinadi
Qonunga movofiq, huquq egalari (şaharsozlik renovatsiyasi hududida joylaşgan köçmas mulk obektlarining egalari bölgan jismoniy yoki yuridik şaxs) bilan oçiq muhokama renovatsiya loyihasining kontseptsiyasi işlab çiqilgan kundan etiboran 2 oy içidaötkaziladi.
Hujjatda takidlanişiça, oçiq muhokamada obektlarni renovatsiya loyihasiga kiritiş uçun har bir obekt egalarining kamida 4/5 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligini oliş renovatsiyani amalga oşirişning majburiy şartlaridan biridir.
Bunda huquq egasi renovatsiya loyihasini amalga oşirişda öz xohişiga köra kompensatsiya olişi yoki hissa qöşuvçi sifatida iştirok etişi mumkin böladi.
Kompensatsiya quyidagi şakllarga ega bölgan ketma-ketlikda bölişi mumkin:
- şaharsozlik renovatsiyasi amalga oşiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy toifasidagi obektni mulk qilib beriş;
- boşqa joydan turar va noturar joy toifasidagi obektni mulk qilib beriş;
- pul mablağlari;
- kelişuv bitimida nazarda tutilgan boşqa şakllar.