24 nafar Özbekiston fuqarosi AQŞdan deportatsiya qilindi
11-06-2026, 23:00
62 марта

24 nafar Özbekiston fuqarosi AQŞdan deportatsiya qilindi
Bugun, 11 iyun kuni AQŞning migratsiya qonunçiligini buzgani uçun deportatsiya qilingan 24 nafar Özbekiston fuqarosi çarter reys orqali Toşkentga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Malum qilinişiça, özbekistonliklarning qaytarilişi Özbekiston va AQŞ vakolatli idoralarining kelişilgan hamkorligi natijasi hisoblanadi. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning şaxsini aniqlaş, tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş va xavfsiz olib kelişni taminlaş kabi barça taşkiliy-huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelişib olingan.
“Özbekiston migratsiya qonunçiligi buzilişining oldini oliş hamda çet eldagi Özbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş böyiça xorijiy hamkorlar bilan özaro aloqalarni doimiy asosda davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.