FIFA reytingi yangilandi. Özbekiston neçançi örinda?
11-06-2026, 23:01
293 марта

FIFA reytingi yangilandi. Özbekiston neçançi örinda?
Bugun, 11 iyun kuni FIFA Jahon çempionati oldidan ötkazilgan örtoqlik uçraşuvlaridan söng, milliy jamoalarning yangilangan reytingini elon qildi. Unga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi 50-poğonadan örin oldi.Şuningdek, Özbekiston MTJ Osiyo jamoalari orasida 5-örinni band etdi. Undan yuqorida esa Yaponiya (18), Eron (20), Janubiy Koreya (25), Avstraliya (27) terma jamoalari joy olgan.

Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 2 iyun kuni Kanadaga va 8 iyun kuni Niderlandiyaga mağlubiyatga uçradi. Oqibatda “oq börilar” FIFA reytingida 6,47 ball yöqotdi, biroq boşqa jamoalarning ham oçko yöqotişi oqibatida Özbekiston 50-poğonadagi örnini saqlab qoldi.Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi ikki örtoqlik uçraşuvidan söng, jami 6,47 oçkoni yöqotib, 1458,73 ball töplagan holda mundialga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Hozirgi FIFA reytingida amaldagi jahon çempioni Argentina terma jamoasi peşqadamlik qilmoqda. Undan keyingi örinni Yevropa çempioni Ispaniya egallagan bölsa, Dide Deşam boşçiligidagi Frantsiya terma jamoasi kuçli uçlikni yakunlab turibdi.