Buzoqning yugurgani somonxonagaça”. Toşkentda IIO xodimiga böysunmagan haydovçi qurol bilan töxtatildi
12-06-2026, 09:34
584 марта

Buzoqning yugurgani somonxonagaça”. Toşkentda IIO xodimiga böysunmagan haydovçi qurol bilan töxtatildi
Keça, 11 iyun kuni Cobalt rusumidagi maşina haydovçisi avtomobillarga şikast yetkazib, IIO xodimlarining talabiga böysunmasdan harakatni davom ettirdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, soat 21:34 larda 1982 yilda tuğilgan R.Yu. (ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasida röyxatda turuvçi) özining boşqaruvidagi davlat raqam belgisi 10 H 334 CB bölgan Cobalt rusumidagi avtomaşinasida Yakkasaroy tumani Şota Rustaveli köçasi böylab yöl harakati qoidalarini buzgan holda, özgalar hayotini xavf ostiga qöyib harakatlangan.
Hududda xizmat olib borayotgan IIO xodimlarining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmasdan, harakatni davom ettirib, bir neçta transport vositalariga texnik şikast yetkazgan.
Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu fuqaro tomonidan boşqa fuqarolarga zarar yetkazilişining oldini oliş maqsadida IIO xodimlari tomonidan tabel qurolidan foydalanilib, ogohlantirişdan söng avtomobil ğildiragiga öq uziş orqali töxtatilgan va keyingi noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.