YPX xodimiga böysunmagan 17 yoşli Tracker haydovçisi uşlandi
17-03-2026, 16:54
304 марта

YPX xodimiga böysunmagan 17 yoşli Tracker haydovçisi uşlandi
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida inspektor talablariga böysunmagan 17 yoşli Tracker haydovçisi uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.Malum bölişiça, joriy yilning 15 mart kuniga ötar keçasi taxminan soat 02:30 larda Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida xodimlar tomonidan davlat raqam belgisiz harakatlanib kelayotgan Tracker rusumli transport vositasi töxtatilgan.
Transport vositasi haydovçisi yöl patrul xizmati inspektorining töxtaş işorasiga böysunmasdan nomalum tomonga harakatlanib ketgan. Körilgan çora-tadbirlar natijasida transport vositasi töxtatilganda uşbu transport vositasini boşqargan fuqaro voyaga yetmagan 17 yoşli yigit ekanligi aniqlangan.
Holatga oydinlik kiritiş maqsadida mutasaddilar tomonidan voyaga yetmagan şaxsning ota-onasi çaqirilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, qonuniy çora köriş maqsadida hududiy içki işlar bölimiga topşirilgan. Transport vositasini boşqargan şaxslar voyaga yetmaganligi hisobga olinib, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalaş va ularga talim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan ularning ota-onasiga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.