Işga kiritib qöyişni vada qilgan soxta prokuror uşlandi
Qaşqadaryo viloyatida özini prokuratura xodimi deb taniştirgan zaxiradagi kiçik serjant qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura, departamentning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi va departamentning Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda zaxiradagi kiçik serjant U.K. fuqaro A.O. ga özini göyoki Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi deb taniştirgan. Şundan söng uning ukasi L.O. ni 3 000 AQŞ dollari evaziga Mudofaa vazirligining yuqori lavozimlarida işlovçi tanişlari orqali Mudofaa vazirligi tizimiga işga kiritib qöyişini aytgan. U kelişilgan puldan 1 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq sobiq IIB xodimini işga tiklab qöymoqçi bölgan Samarqand şahar IIO FMB profilaktika inspektori 7 ming dollar pora olgan vaqtida qölga tuşgan edi.