USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eronga kuçli zarba berildi. Hamma ham bunga çidolmaydi — Tramp

120 марта
Эронга кучли зарба берилди. Ҳамма ҳам бунга чидолмайди — Трамп

AQŞ Eronga yangi zarbalar berdi. Uç kun oldin Isroilga Eronga hujum qilişdan tiyilişni maslahat bergan AQŞ prezidenti Donald Trampning körsatmasiga binoan, AQŞ Markaziy qömondonligi 10 iyun kuni keçqurun Erondagi nişonlarga qarşi hujumlar qayta boşlanganini malum qildi. Harbiy bayonotda uşbu hujumlar Eronning “asossiz va davom etayotgan tajovuziga” javob ekani takidlangan. AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset esa, uşbu zarbalarning maqsadi uruşni kengaytiriş emas, balki kelişuvga erişiş uçun şaroit yaratiş ekanligini takidladi. Eron esa, bunga javoban Fors körfazidagi bazi AQŞ harbiy bazalariga, Livanning “Hizbulloh” harakati esa Isroilga hujum boşladi. Eron ham Hormuz böğozini yana qayta yopib qöydi. AQŞ Markaziy qömondonligi Eron hududidagi nişonlarga 49 ta “Tomahawk” qanotli raketasi bilan zarba berilganini tasdiqladi. Tinçlik umidi paydo bölgan bir paytda, nega yana qurollar işga tuşdi?

AQŞ Eronga yangi zarbalar berdi

AQŞ yana maydonga çiqdi. 10 iyun kuni AQŞ Markaziy qömondonligi Prezident Donald Trampning körsatmasiga binoan Erondagi bir neçta nişonlarga qarşi “özini himoya qiliş maqsadida qöşimça zarbalar” berila boşlanganini malum qildi. Harbiylar bayonotida uşbu hujumlar Eronning “asossiz va davom etayotgan tajovuziga” javob ekani takidlangan. Qömondonlik malumotlariga köra, operatsiya AQŞ şarqiy sohili vaqti bilan soat 17:15 da boşlangan. AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset esa uşbu zarbalarning maqsadi uruşni kengaytiriş emas, balki kelişuvga erişiş uçun şaroit yaratiş ekanligini takidladi.

“Prezident Tramp Eronga kuçli zarba berişimizni aytdi va biz buni amalga oşiramiz”, dedi Xegset.

Operatsiyaga 49 ta “Tomahawk” qanotli raketasi jalb etilgan bölib, qiruvçi samolyotlar Eronning radar va havo mudofaa tizimlarini nişonga oldi. Hujumlar Eronning bir neçta viloyat va şaharlarini, jumladan Kiş, Sirik, Minob, Bandar-Abbos va Isfahonni qamrab olgan. Tehron ğarbidagi Karaj şahriga esa ikki marta zarba berildi.

Malumotlarga köra, Sirik hududidagi suv omborlariga berilgan zarba natijasida aholi suv taminotidan uzilgan, biroq keyinçalik suv taminoti qayta tiklangan. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi mamlakatning Jam şahri ustida AQŞning MQ-9 Reaper uçuvçisiz apparatini urib tuşirganini malum qildi.

Tramp muzokaralarda sezilarli siljiş yöqligini va AQŞning Apaçe jangovar vertolyoti yöq qilinganidan söng, Eronga qarşi bombardimonlarni qayta boşlaş niyatida ekanligini malum qilgan. Vertolyot 8 iyun kuni Ummon qirğoqlari yaqinida halokatga uçragan, uning ikki uçuvçisi qutqarib olingan.

Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon mamlakatning “qatiy pozitsiyasini” malum qilib, AQŞ tahdidlarini qoralagan.

Eron AQŞ bazalariga zarba berdi, “Hizbulloh” esa Isroilga hujum boşladi

11 iyun kuni AQŞ va Eron örtasida joriy yilning aprel oyida erişilgan va dastlab ikki hafta davom etişi közda tutilgan sulh bitimi amalda öz kuçini yöqotdi.

Eron Quvayt, Iordaniya va Bahraynda joylaşgan AQŞ harbiy bazalariga raketa zarbalarini berdi. Şu bilan birga, Livanning “Hizbulloh” harakati ham Isroil hududiga hujum boşladi. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusining bayonotiga köra, Eron Quvaytdagi Ali as-Salom va Ahmad al-Jobir aviabazalarida joylaşgan 18 ta nişonga hujum uyuştirdi. Iordaniyadagi “Al-Azraq” aviabazasiga 12 ta ballistik raketa uçirildi. IISK bayonotiga köra, uşbu hujum natijasida bazada joylaşgan AQŞning F-15, F-16 va eng zamonaviy F-35 qiruvçi samolyotlarining katta qismi yöq qilingan. Şuningdek, Bahrayndagi AQŞ Beşinçi floti obektlari ham nişonga olindi. Iroq şimolidagi AQŞning “Xarir” bazasiga ham hujum qilingani haqida xabarlar mavjud. Uşbu voqealar fonida Quvayt öz havo hududini yopib, havo hujumidan mudofaa tizimlarini işga tuşirdi, Bahraynda esa havo hujumidan ogohlantiruvçi sirenalar yangradi.

Eskalatsiyaning eng jiddiy oqibatlaridan biri Eronning Hormuz böğozini barça kemalar uçun butunlay yopib qöyişi böldi. Harbiy qömondonlik bayonotiga köra, böğozdan ötişga uringan har qanday kema hujumga uçraydi. Bu qaror AQŞ zarbalaridan söng xavfsizlik vaziyatining özgarganligi bilan izohlangan. Köp ötmay, Eron davlat telekanali harbiylar ikkita kemaga öt oçganini malum qildi.
Biroq, AQŞ Hormuz böğozi töliq yopilgani haqidagi malumotni rad etdi. AQŞ qömondonligiga köra, savdo kemalari hozir ham Hormuz böğoziga kirib-çiqişda davom etmoqda.

Bu elon jahon bozorida neft narxining 2 foizga kötarilib, bir barreli 95 dollarga yetişiga sabab böldi. Yamandagi husiylar ham AQŞning Eronga hujumlari global taminot zanjiri va energiya bozorlariga jiddiy zarar yetkazişi haqida ogohlantirdi.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroil hozirgi kunda Eron hududiga qilingan hujumlar bilan boğliq emasligini malum qildi.

Trampning sözlariga köra, Isroil sönggi kunlarda turli manbalar tomonidan xabar qilingan hujumlarni taşkil etiş va amalga oşirişda iştirok etmagan. Bu bayonot Yaqin Şarqdagi vaziyat keskinlaşib, tomonlar örtasida ayblovlar almaşinuvi davom etayotgan bir paytda elon qilindi. Trampning bu gaplari Eron hududidagi sönggi voqealarda Isroilning ehtimoliy roli haqidagi savollarga aniqlik kiritişga uriniş sifatida baholanişi mumkin.

Isroil rasmiylari hozirça AQŞ Prezidentining bu bayonotiga izoh bergani yöq. Şuningdek, Isroilning uşbu hujumlarga aloqadorligini tasdiqlovçi rasmiy malumotlar ham mavjud emas.

Tramp Eronga zarba berişni bekor qildi

Tramp 11 iyun kuni Truth ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Eron hududiga rejalaştirilgan harbiy zarbalar amalga oşirilmasligini malum qildi. Uning sözlariga köra, Eron bilan yuqori darajadagi muzokaralarda muhim kelişuvga erişilganini malum qildi. Şu sababli Eronga qarşi rejalaştirilgan harbiy zarbalar va bombardimonlar bekor qilindi.

Trampning aytişiça, AQŞ, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya, Misr va boşqa davlatlar kelişuvning asosiy bandlarini maqullagan. Biroq, yakuniy kelişuv imzolanmagunça dengiz blokadasi saqlanib qoladi.

Eron rasmiylari Vaşington bilan kelişuv böyiça hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini malum qilmoqda. Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Bağoiyning takidlaşiça, mamlakat hozirça kelişuv masalasida yakuniy qarorga kelmagan.

Tramp jurnalistlar bilan bölib ötgan matbuot anjumanida Eron uruşini tugatiş böyiça kelişuvga yaqin ekanini malum qildi. Uning sözlariga köra, kelişuv hujjatlarini imzolaş jarayoni yaqin kunlarda amalga oşirilişi kutilmoqda. Trampning aytişiça, Eronning oliy rahbari taklif etilayotgan kelişuvni maqullagan. Biroq Trampning bu gaplari haqiqatga qançalik yaqin ekani hali nomalum.

Jurnalistlardan biri Trampga avval ham Eron va AQŞ kelişuvga yaqinlaşgani haqida bayonotlar berganini, biroq ular amalda natija bermaganini eslatib, nima uçun bu safar vaziyat boşqaça ekanligini söradi. Bunga javoban Tramp Eron juda oğir zarbalarga duç kelganini, bunday bosimga kam davlat bardoş bera olişini va şu sababli Tehron kelişuvga Vaşingtondan ham köproq qiziqiş bildirayotganini takidladi. Biroq, Tramp Eron kelişuvi masalasida bundan oldin ham juda köp takidlar qilgan. CNN hisob-kitoblariga köra, AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 28 fevralida uruş boşlanganidan beri 39-marta Eron bilan uruşni töxtatiş böyiça kelişuvga “ikki-uç kun içida” erişiş mumkinligini malum qildi. Xulosa qilib aytganda, Tramp bu safar ham kelişuv yaqinligini takidlamoqda. Biroq, avvalgi köplab vadalar hali natija bermagani sababli, yakuniy xulosani faqat imzolar qöyilganidan söng çiqariş mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: