Angrenda 344 marta qoida buzgan haydovçi uşlandi
Majburiy ijro byurosi Toşkent viloyati boşqarmasi qidiruv xodimlari tomonidan qidiruvda bölgan avtomaşinalarni aniqlaş işlari jarayonida bir haydovçiga tegişli Spark rusumli avtomaşina topildi. Bu haqda MIB Axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Malum qilinişiça, uşbu transport vositasi bilan 344 marta yöl harakati qoidalari buzilgan va 175 mln sömdan ortiq jarima belgilangan.
Eng qiziği, köplab qoidabuzarliklar uçun hisoblangan jarimalar öz vaqtida tölanmagani sababli ijro hujjatlari yurituvga olingan. Biroq avtomaşina uzoq vaqt davomida topilmay kelgan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida transport vositasi Angren şahri hududida aniqlangan.
Qayd etilişiça, jarimalar böyiça endi undiruv işlariga kirişiladi va avtomaşinani auktsionga qöyiş çoralari köriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda Matiz rusumli avtomaşina bir yil içida 912 marta qoida buzgani uçun uning haydovçisiga 331 mln söm jarima hisoblangani haqida xabar berilgandi.