Fuqarodan $1000 talab qilgan “raygaz” xodimi uşlandi
Toşkent şahrida fuqarodan hisoblagiç yöqligi sababli işlarini bosti-bosti qilib beriş evaziga qariyb 1 000 AQŞ dollari talab qilgan Yunusobod tumani gaz taminoti bölimi xodimi qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, fuqaro Toşkent şahar IIBBga murojaat qilib, Yunusobod tumani gaz taminoti bölimida işlovçi masul şaxs gaz hisoblagiç örnatilmaganligi sabab dalolatnoma tuzmaslik, jarimaga tortmaslik va hujjatlarni töğrilab beriş evaziga 12 million söm pul talab qilayotganligi hamda u şu kunga qadar 1 million 200 ming söm berganligini malum qilib, mazkur şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani gaz taminoti bölimida işlovçi masul şaxs fuqarodan 12 million sömdan qolgan 10 million 800 ming söm pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Aniqlanişiça, mazkur şaxs gaz taminoti bölimida jabrlanuvçining mahallasiga biriktirilmagan xodim bölgan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi uçinçi qismi “v” bandi (xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq davlat zaxirasidagi 2 sotix yerni mansabdor tanişlari orqali olib beriş uçun 50 ming dollar talab qilgan Guliston hokimligining masul xodimi uşlangan edi.