USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

"Debyutant terma jamoalar qadamida hamişa özgaça sehr böladi" — Eronlik jurnalist Özbekiston haqida gapirdi

191 марта

"Debyutant terma jamoalar qadamida hamişa özgaça sehr böladi" — Eronlik jurnalist Özbekiston haqida gapirdi

Jahon çempionatida debyutant terma jamoalar har doim qiziq bölib kelgan.

Sababi oddiy, dunyo hamjamiyati doimgi terma jamoalarning imkoniyatidan xabardor. Ilk bor qatnaşadiganlar esa "sirli tulpor" bölib körinadi. "Mehr news" naşri jurnalisti Mehdi Mortazavian saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovga Özbekiston va Eronning mundialdagi iştiroki haqida gapirdi.

"Eron — Osiyoning Jahon çempionatlaridagi eng tajribali vakillaridan biri. Milliy terma jamoa 2006 yildan buyon dunyo birinçiliklarini muntazam ravişda ötkazib yubormay kelyapti. Bunday barqarorlik esa jamoaga xalqaro futbolning eng yuqori çöqqisida bebaho tajriba töplaş imkonini berdi.

Bugungi kunga kelib, Eron uçun şunçaki Jahon çempionatiga yöllanma olişning özi yetarli emas. Endi talab va kutişlar butunlay boşqaça. Forslar qitaning yetakçi futbol mamlakatlaridan biri sifatida etirof etilmoqda va jamoatçilik ulardan navbatdagi qadamni kutyapti. Bugungi maqsad — guruh bosqiçidagi uçta öyin bilan çeklanib, uyga qaytiş emas. Amir Ğalenoi qöl ostidagi jamoa turnirda uzoqroq qolişni, törtta yoki beşta uçraşuv ötkazişni çin dildan maqsad qilgan. Albatta, jamoa atrofida hanuz taktik va texnik savollar mavjud, boş murabbiy ham malum darajada tanqidlarga uçrab turibdi, biroq talablar avvalgi avlodlarga nisbatan ança yuqori ekanligi şubhasiz.

Özbekiston uçun esa Jahon çempionatiga çiqiş — ulkan tarixiy yutuq. Musobaqada 32 ta yoki 48 ta jamoa iştirok etişidan qati nazar, JÇ futbol olamidagi eng yirik voqea bölib qolaveradi va butun dunyo nigohini öziga qaratadi. Ilk bor qatnaşayotgan terma jamoaning qadamida hamişa öziga xos sehr böladi. Debyutantlar dunyo sahnasida özlarini körsatiş uçun turnirga özgaça kuç, yuqori motivatsiya va şijoat bilan taşrif buyurişadi",- deydi Mehdi Mortazavian.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: