Xalqaro qidiruvdagi özbekistonliklar Turkiyada uşlandi
Xalqaro qidiruvda bölgan ikki nafar şaxs Turkiyada qölga olinib, Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) böyiça qidiruvda bölgan M.B. Turkiyada yaşirinib yurgan vaqtida aniqlanib, belgilangan tartibda Özbekistonga qaytarilgan.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) böyiça qidiruvda bölgan J.B. ham Turkiya hududida qölga olinib, qonunçilikka muvofiq Özbekistonga topşirilgan.
Qayd etilişiça, mazkur şaxslar tergov va sud jarayonlarini davom ettiriş uçun tegişli organlarga topşirilgan.
“Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi hamkorlik jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va qidiruvdagi şaxslarni topib, javobgarlikka tortiş yönalişida davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarolari Turkiyada qölga olinib, mamlakatga qaytarilgandi. https://qalampir.uz/news/odam-savdosi-bilan-shugullangan-ayel-turkiyada-ushlandi-137432