Andijondagi fojiada FVB xodimlari beparvolik qildimi?
Avvalroq, Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylaşgan tibbiyot birlaşmasi hududida 4 xodim bunkerdagi gazdan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu hodisa vaqtida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tomonidan beparvolikka yöl qöyilgani haqidagi malumotlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Favqulodda vaziyatlar munosabat bildirdai.
Uşbu hodisa joriy yilning 10 iyun kuni taxminan tuş vaqtida Marhamat tumani markaziy poliklinikasi hududida sodir bölgan. Texnik xodimlardan biri xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda nasos motorini sozlaş maqsadida quduqqa tuşgan. Biroq bunday quduqlar içida, odatda inson hayoti uçun xavfli bölgan zaharli va zararli gazlar töplanadi.
Birinçi xodimga yordam beriş maqsadida uning ortidan poliklinikaning yana uç nafar texnik xodimi birin-ketin quduqqa tuşgan. Oqibatda ularning barçasi zaharli gazlardan zaharlanib, halok bölgan.
Mazkur hodisa haqida xabar kelib tuşişi bilanoq Marhamat tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi rahbari boşçiligidagi qutqaruvçilar guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Tuman boşliğining sözlariga köra, quduqqa tuşgan poliklinika xodimlarining heç biri qutqaruvçilar voqea joyiga yetib borgan vaqtda hayot alomatlarini körsatmagan. Bu holatni tasdiqlovçi videoyozuv ham mavjud.
Halok bölganlarning jasadlarini quduqdan olib çiqiş uçun Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining radiatsion-kimyoviy muhofazaga ixtisoslaşgan maxsus bölinmasi çaqirilgan.
Bildirilişiça, birinçi qutqaruvçilar guruhi voqea joyiga yetib borgan vaqtda quduq içidagi odamlar hali tirik bölgani va yordam sörab çaqirgani, ammo qutqaruvçilar maxsus himoya vositalari yöqligini vaj qilib ularga yordam körsatmagani haqidagi malumotlar haqiqatga töğri kelmaydi.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari har kuni öz hayotlarini xavf ostiga qöygan holda insonlarning hayotini saqlab qoliş uçun xizmat qiladilar. Ayrim hollarda yirik yonğinlar yoki boşqa favqulodda vaziyatlar vaqtida ular qahramonlarça halok ham bölişadi. Bunga köplab misollar keltiriş mumkin”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida uç kişi quduqdagi gazdan zaharlanib vafot etgandi.